O‘zbekiston hududida qancha tulki borligini bilasizmi?

O‘zbekiston hududida qancha tulki borligini bilasizmi?

2022 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda mavjud tulkilarning umumiy soni 4 533 tani tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yovvoyi hayvonlarni qo‘riqlash va ko‘paytirish tadbirlarini bajaruvchi tashkilotlar hisob-kitoblariga ko‘ra, tulkilar soni eng ko‘p Qashqadaryo viloyatida ro‘yxatga olingan — 1537 ta. Undan keyingi o‘rinni 10 ta kam ko‘rsatkich bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi egallagan. Shuningdek, quyidagi viloyatlar hududlarida ham tulkilar ko‘p hisoblanadi:

  • Toshkent viloyati – 624 ta;
  • Buxoro viloyati – 392 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 356 ta.

Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, mamlakatdagi tulkilar soni bo‘rilar soniga qaraganda 3 mingtaga ko‘p. Shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan hayvonot bog‘lari soni 3 tani tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!