O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yerga asteroid urilishi masalasiga oydinlik kiritdi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yerga asteroid urilishi masalasiga oydinlik kiritdi

Shu kunlarda internet tarmog‘ida 1 fevral kuni Yerga asteroid urilishi va sayyoramizdagi hayot xavf ostida qolishi haqida xabarlar urchib ketdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi mazkur masalaga quyidagicha munosabat bildirdi:

Bu xabar bilan tanishib chiqqanimizdan so‘ng, uning mutlaqo uydirma ekani ma’lum bo‘ldi. Chunki, 2019 yilda Yerga yaqinlashuvchi asteroidlarning ro‘yxati astronomlarga avvaldan ma’lum va ular muntazam monitoring qilib boriladi. 2019 yilning aprel oyigacha Yerga yaqinlashishi kutilayotgan asteroidlarning soni 20dan ortiq bo‘lib, ularning o‘rtacha yaqinlashish masofasi 5 mln kilometrni tashkil etadi. 2019 yilning 1 fevralida Yerga yaqinlashuvchi asteroid shu yilning yanvar oyida ochilgan bo‘lib, unga 2019AV2 deb nom berilgan. Uning o‘lchami 150-340 metrni tashkil etib, u Yerga 6 mln kilometrgacha yaqinlashadi. Bunda uning trayektoriyasi Yerga yo‘naltirilgan chiziqqa tik yo‘nalishda bo‘ladi. Asteroidning Yerga bunday masofada yaqinlashuvi va yuqoridagicha trayektoriyaga egaligi tufayli u Yerga hech qanday xavf tug‘dirmaydi .

Avvalroq, Peterburg davlat universiteti olimlari 2004 yili aniqlangan Apofis asteroidi Yerga qulaydi degan taxminni ilgari surishgandi.


Solishtirish uchun: Erdan Oygacha masofa 357 104 kilometr (perigey)dan 406 696 kilometr (apogey) gachani tashkil etadi. Xomaki hisoblaganda ham 2019AV2 asteroidi 1 fevral kuni Yer va Oy o‘rtasidagidan kamida 15 baravar olis masofadan (6 mln. km.) o‘tib ketadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!