O‘zbekiston birinchi marta YUNESKOning madaniyat sohasidagi nufuzli boshqaruv organiga saylandi

O‘zbekiston birinchi marta YUNESKOning madaniyat sohasidagi nufuzli boshqaruv organiga saylandi

Jahon hamjamiyati O‘zbekistonning YUNESKOdagi roli ortib borayotganini yana bir bor e’tirof etdi. Mamlakatimiz ilk bor YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi.

O‘zbekiston YUNESKOdagi saylovda Yevropaning bir qator davlatlarini ortda qoldirdi.

Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga a’zo 24 davlat vakillaridan iborat. Uning a’zolari 4 yil muddatga saylanadi. A’zolarning yarmi har 2 yilda qayta saylanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!