O‘zbekiston AQSh bilan xavfsizlik hamkorlik aloqalarini kengaytiradi
AQSh hukumati tomonidan e’lon qilinadigan inson mezoniga oid turli hisobotlarda O‘zbekistonning yuqori o‘rnini saqlab qolish bo‘yicha yaqin hamkorlik aloqalari davom ettiriladi.
2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan yangi davrdagi strategik sheriklik aloqalarini yanada chuqurlashtirish choralarini ko‘rish rejalashtirilmoqda.
AQSh yangi ma’muriyati vakillari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi, oliy darajadagi tashrif tashkil etiladi.
AQSh bilan Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining dastlabki raundi Toshkent shahrida yuqori saviyada o‘tkaziladi.
C5+1 formati doirasida hamkorlik faollashtiriladi, jumladan, vazirlar uchrashuvi, tegishli “ishchi guruhlar” yig‘ilishlari hamda ushbu format tashkil topganligining 10 yillik yubiley sammitini Samarqandda o‘tkazish masalalari ishlab chiqiladi.
Parlamentlararo hamkorlik aloqalari kengaytiriladi, xususan, Kongress yetakchi a’zolarining O‘zbekistonga tashriflari amalga oshiriladi.
Amerika qit’asi mamlakatlaridan salohiyatli investorlar O‘zbekistonga jalb qilinadi, ular ishtirokida turli biznes-forumlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish orqali savdo-investisiyaviy hamkorlik jadallashtiriladi.
AQSh bilan xavfsizlik hamkorlik aloqalari kengaytiriladi.
AQSh hukumati tomonidan e’lon qilinadigan inson mezoniga oid turli hisobotlarda O‘zbekistonning yuqori o‘rnini saqlab qolish bo‘yicha yaqin hamkorlik aloqalari davom ettiriladi.
AQSh bilan ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, atrof-muhit va boshqa sohalarda aloqalar kengaytiriladi, xususan, universitetlararo hamkorlik, ingliz tilini o‘qitish, fan va ekologiya sohalarida qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi.