O‘zbekiston — Afg‘oniston muzokaralarida qanday masalalar muhokama qilindi?

O‘zbekiston — Afg‘oniston muzokaralarida qanday masalalar muhokama qilindi?

Avvalroq Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston muzokaralar bo‘lib o‘tayotgani, delegasiyalarga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Afg‘oniston Islom Amirligining Muvaqqat hukumati rahbari o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salam Hanafiy boshchilik qilayotgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu muloqotning tafsilotlarini ochiqladi.

«2021 yil 16 oktyabr kuni Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston delegasiyalarining ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida turli vazirlik va idoralar vakillari savdo-iqtisodiy aloqalar, chegara xavfsizligini ta’minlash, energetika, xalqaro yuk tashish va tranzit sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ta’lim va gumanitar sohadagi aloqalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga, xususan, «Surxon – Puli-Xumri» elektr uzatish tarmog‘i hamda «Termiz – Mozor-Sharif – Kobul – Peshovar» temir yo‘lini qurishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvlar natijasida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha bir qator ikki tomonlama kelishuvlarga erishildi.

Afg‘oniston delegasiyasi O‘zbekiston tomoniga samarali muzokaralar va mehmondo‘stlik uchun chuqur minnatdorlik bildirdi», deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!