Uzbekistan Airways London, Frankfurt va Riga shaharlariga aviaqatnovlar sonini oshiradi

Uzbekistan Airways London, Frankfurt va Riga shaharlariga aviaqatnovlar sonini oshiradi

2023 yilning 26 martidan boshlab Uzbekistan Airways Toshkentdan London, Frankfurt va Riga shaharlariga parvoz qiluvchi aviaqatnovlar sonini oshirmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, sayyohlar oqimini ko‘paytirishdir.

26 martdan boshlab Toshkent – ​​London – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni haftasiga 2 martadan 3 martagacha oshiriladi. Seshanba va juma kunlaridan tashqari, yakshanba kunlari ham parvozlar bajariladi.

Uzbekistan Airways 29 martdan boshlab esa Toshkent – Frankfurt – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini haftasiga 3 martadan 4 martaga ko‘paytiradi. Bundan buyon Frankfurtga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar dushanba, chorshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, 29 martdan Toshkent – ​​Riga – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni haftasiga 3 martagacha oshirilmoqda. Yo‘lovchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviatashuvlarda dushanba, chorshanba va juma kunlari sayohat qilishlari mumkin.

Shu bilan birga, Uzbekistan Airways yozgi parvozlar jadvaliga o‘tishi munosabati bilan 28 martdan Toshkent – Milan – Toshkent, 31 martdan boshlab esa Toshkent – Parij – Toshkent yo‘nalishlarida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yayotganini ma’lum qiladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti orqali 3% chegirma bilan, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!