O‘zbek filmlari Osiyo kinofestivalida g‘olib bo‘ldi

O‘zbek filmlari Osiyo kinofestivalida g‘olib bo‘ldi

Yosh o‘zbek kinoijodkorlari taqdim etgan filmlar Gongkongda o‘tkazilgan “DigiCon6 Asia Awards 2019” xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida mutaxassislar tomonidan e’tirof etildi.

Mahliyo Asqaraliyevaning “Sovg‘a” filmi ushbu nufuzli xalqaro festivalning “Next Generation” nominasiyasida g‘olib deb topildi.

Shokir Xoliqovning “Choy” filmi festivalning “Mintaqa g‘olibi” nominasiyasi sovrindori bo‘ldi.

Mazkur xalqaro qisqa metrajli filmlar festivali Yaponiyaning TBS media markazi tomonidan tashkil etildi. Festivalda Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Koreya, Malayziya, Singapur, Tayvan orollari, Tailand yosh kinoijodkorlarining qisqa metrajli filmlari namoyish qilindi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Shokir Xoliqovning “Choy” filmi Kann kinofestivalida Gran-priga loyiq ko‘rilgandi. Endi ushbu film Yaponiyaning markaziy telekanallarida namoyish etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!