Ikkinchi avlod Chevrolet Malibu avtomobillari O‘zbekiston bozorida 2017 yil aprel oyidan paydo bo‘ldi. Har bir yangi Chevrolet Malibu rusumining narxi avtomobil modifikasiyasidan kelib chiqib tasdiqlangan va shu vaqtga qadar biror marta narxi oshmagan.
Ikki litr xajmdagi turbomotorli Chevrolet Malibu LTZ Premier Facelift avtomobilining so‘ngi Premium versiyasi 2019 yil oktyabr oyida sotuvga chiqarildi. Ushbu avtomobilning narxi 2021 yil mart oyigacha o‘zgarmadi.
Dollar kursining o‘sishi (30%dan ko‘proqqa), Koreya Respublikasi voni kursining dollarga nisbatan mustahkamlanishi (10-15%), pandemiya va boshqa omillar natijasida logistika narxining dunyo miqyosida o‘sishi ushbu avtomobil rusumi narxining yangilanishiga asosiy sabablaridan bo‘ldi.
Bundan tashqari, Chevrolet Tracker avtomobiliga yangi imkoniyatlar qo‘shildi – yangilangan Tracker avtomobili avvalgi rusumlardan ichki iqlim nazorati, elektron boshqariluvchi xaydovchi o‘rindiqlari va sun’iy charmdan ishlangan o‘rindiqlar hamda boshqa qulayliklar iborat Redline majmuasida taqdim etilgan.
Chevrolet Equinox avtomobilida RS komplektasiyasida yangilanishi munosabati bilan quyidagi qulaylik paydo bo‘ldi:
📌 to‘liq svetodiodli yoritish jihozlari;
📌 moslashtirilgan Cruise-nazorat tizimi;
📌 avtoturargohdan chiqishda boshqa transport vositalari xaraqati haqida ogohlantirish tizimi;
📌 ko‘rinmas zonalar monitoringi;
📌 oldi o‘rindiqlarda xavo almashtirish tizimi;
📌 Premium toifadagi akustika tizimi;
📌 xavfsizlikni ta’minlash tizimi (yo‘lovchilarni aniqlash, to‘qnashuv haqida ogohlantirish, yo‘l chiziqlari bo‘ylab harakatlanishda nazorat tizimi va boshqalar).
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
АҚШ президенти Доналд Трамп Қўшма Штатлар армияси наркотик савдосига қарши ҳарбий кампанияни кенгайтиришини ва Лотин Америкасида қуруқликдаги нишонларга зарбалар бера бошлашини маълум қилди.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.
«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.