O‘z joniga qasd qilish – og‘ir jinoyat

A A A
O‘z joniga qasd qilish – og‘ir jinoyat

Bugungi jum’a mav’izasida imom-xatiblarimiz "O‘z joniga qasd qilish – og‘ir jinoyat" mavzusida ma’ruza qildilar. Bu haqda O‘MI rasmiy saytida xabar berilmoqda.

Muhtaram jamoat! Bugungi kunda dolzarb muammolar qatorida o‘z joniga qasd qilish muammosi hanuzgacha kishini tashvishga solib kelmoqda. Inson hayoti davomida duch keladigan har qanday sinov, qiyinchilik, muvaffaqiyatsizlik, musibatlarga sabr qilib, Alloh taoloning rahmatidan umidvor bo‘lib yashasa, Yaratganning rahmatini topgan bo‘ladi. Turli shaytoniy vasvasa, tushkunlik va umidsizlikka berilmay, Inson degan ulug‘ nomga muvofiq ish tutishi kerak bo‘ladi. Zero, Alloh taolo Odam farzandlarini mukarram qilib yaratgan bo‘lib, Qur’oni karimda bu haqda bunday deyiladi:

 وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِي آَدَمَ وَحَمَلْنَاهُمْ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ وَرَزَقْنَاهُمْ مِنَ الطَّيِّبَاتِ

وَفَضَّلْنَاهُمْ عَلَى كَثِيرٍ مِمَّنْ خَلَقْنَا تَفْضِيلًا  (سورة الإسراء/70).

ya’ni: “Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot-ulov va kemalarga) mindirib qo‘ydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni O‘zimiz yaratgan ko‘p jonzotlardan afzal qilib qo‘ydik” (Isro surasi, 70-oyat).

Shunga qaramay, keyingi vaqtlarda jamiyatimizda ayrim kishilar bilib-bilmay, ayniqsa, xotin-qizlar o‘zlarining jonlariga qasd qilib, Alloh taolo ato etgan hayot nurini bevaqt o‘chirishga, ikki dunyoda abadiy la’natga va do‘zax azobiga duchor bo‘lishdek og‘ir gunoh qilishga o‘tmoqdalar. Dinimiz ta’limotida insonning o‘z joniga qasd qilishi juda ham qattiq qoralanadi.

Alloh taolo aytadi:

"… لَا تَقْتُلُوا أَنْفُسَكُمْ إِنَّ اللَّهَ كَانَ بِكُمْ رَحِيمًا "  )سورة النساء /29(

ya’ni: “...o‘zlaringizni o‘ldirmangiz! Albatta, Alloh sizlarga rahm-shafqatlidir” (Niso surasi, 29-oyat).

Qolaversa, ko‘plab sahih hadislarda o‘z joniga qasd qilish og‘ir gunoh ekani va uni amalga oshirgan osiy banda jahannam o‘ti bilan abadiy azoblanishi ta’kidlanadi.

عَنْ أَبي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: "مَنْ تَرَدّي مِنْ جَبَلٍ فَقَتَلَ نَفْسَهُ فَهُوَ فِى نَارِ جَهَنَّمَ يَتَرَدّي فِيهَا خَالِدًا مُخَلَّدًا فِيهَا أَبَدًا وَ مَنْ تَحَسّى سَمًّا فَقَتَلَ نَفْسَهُ فَسَمُّهُ فِى يَدِهِ يَتَحَسَّاهُ فِى نَارِ جَهَنَّمَ خَالِدًا مُخَلَّدًا فِيهَا أَبَدًا وَ مَنْ قَتَلَ نَفْسَهُ بِحَدِيدَةٍ فَحَدِيدَتُهُ فِى يَدِهِ يَتَوَجَّأُ بِهَا فِى نَارِ جَهَنَّمَ خَالِدًا مُخَلَّدًا فِيهَا"

(ﺭَﻭَﺍﻩُ الامَامُ ﺍﻟﺒُﺨَﺎﺭِﻱ ﻭَالامَامُ ﻣُﺴْﻠِﻢٌ(

ya’ni: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deydilar: “Kim tog‘ tepasidan tashlab, o‘zini-o‘zi o‘ldirsa, o‘lgandan so‘ng jahannamda ham shu xil azobga giriftor bo‘ladi. Agar zahar ichib o‘zini-o‘zi o‘ldirsa, jahannamda ham abadiy shu azobga mubtalo bo‘ladi. Kim o‘zini temir parchasi bilan o‘ldirsa, o‘sha kimsa temir parchasi qorniga suqilgan holda jahannam o‘tida abadiy qoladi” (imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Yana boshqa bir hadisi sharifda shunday deyilgan:

 عَنْ أَبي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: "الَّذِي يَخْنُقُ نَفْسَهُ يَخْنُقُها فيِ النَّارِ وَالَّذِي يَطْعَنُ نَفْسَهُ يَطْعَنُها فيِ النَّارِ" (ﺭَﻭﺍﻩ الامَامُ ﺍﻟﺒُﺨَﺎﺭِﻱ)

ya’ni: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam: “Kim o‘zini-o‘zi bo‘g‘ib o‘ldirsa, do‘zaxda ham shu xil azobga qoladi va kim o‘zini olov bilan o‘ldirsa, do‘zax olovida ham xuddi shunday azobga qoladi”, – deganlar (imom Buxoriy rivoyati).

Muhtaram jamoat! Inson borki uning boshiga turli xil musibat va muammolar tushishi tabiiy hol. Bu musibatlarni yengib o‘tish haqiqiy musulmon insonning ishidir. biror sinov kelsa, osmonu falakni boshiga ko‘tarib ayyuhannos solib, dod-faryod qilish, o‘z joniga qasd qilishni barcha tashvishlardan qutilishning yagona yo‘li deb bilish – imonning zaifligidandir. Vaholanki, bu uslub yechim emas, balki eng buyuk azob-uqubatning boshlanishidir.

عَنْ جُنْدَبُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ عَنْ النَّبِي صلى الله عليه وسلم قَالَ: "كَانَ مِمَّنْ كَانَ قَبْلَكُمْ رَجُلٌ بِهِ جُرْحٌ فَجَزَعَ، فَأَخَذَ سِكِّيْنًا فَحَزَّ بِهَا يَدَهُ، فَمَا رَقَأَ الدَّمُ حَتَّى مَاتَ، قَالَ اللهُ تَعَالَى: "بادَرَني ابْنُ آدَمَ بنَفْسِهِ فَقَتَلَها، فَقَدْ حَرَّمْتُ عَلَيْهِ الجَنَّةَ" (مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ).

ya’ni: Jundab ibn Abdulloh roziyallohu anhuning rivoyat qilishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Sizlardan oldin o‘tgan qavm orasida bir yaralangan kimsa bor edi. U og‘riqqa chiday olmasdan, qo‘liga pichoq olib, yaralangan qo‘lini kesdi. Natijada u qon yo‘qotish tufayli vafot etdi. Shunda Alloh taolo: “Bandam o‘zini-o‘zi o‘ldirib, mening unga bergan umrimga shukr qilmay, shoshildi. Shuning uchun unga jannatni abadiy harom qildim”, – dedi ” (imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Ushbu hadisi qudsiy mazmuniga ko‘ra, o‘zini-o‘zi o‘ldirgan banda jannatdan abadiy mahrum qilinar ekan.

Shu munosabat bilan afsus ila zikr qilib o‘tish lozimki, shu kunlarda yurtimizning turli hududlarida har-xil yo‘llar ila o‘z joniga qasd qilish voqealari ayniqsa ayollar va yoshlar o‘rtasida ro‘y berib turibdi. Bu mudhish holatlar Islom shariatida qoralangani barobarida Alloh taoloning qazoyi qadariga ham tug‘yon qilish sanaladi. Qolaversa kishi o‘z xeshu-aqrabolarini va ota-onalarini ham og‘ir kulfatga solib qo‘yishga sabab bo‘ladi. Buning oqibatida bolalar yetim qolmoqda, oilalar parokanda bo‘lmoqda.

Jahondagi nufuzli islom muassasalari, chunonchi Misr Arab Respublikasi Fatvo Boshqarmasi va Saudiya Arabistoni ulamolari o‘zini-o‘zi o‘ldiruvchilar haqida maxsus fatvolar e’lon qilganlar. Shuningdek, fiqh kitoblarimizda o‘z joniga qasd qilib o‘zini-o‘zi o‘ldirgan shaxslarga ayrim ulamo va fuqaholar janoza namozi o‘qimaslik to‘g‘risida fatvo ham berganlar.

Joriy yilning 27 iyul kuni muhtaram Prezidentimiz ishtirokida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan videoselektorda ta’kidlanishicha, o‘tgan 6 oyda 2066 ta o‘z joniga qasd qilish holati sodir bo‘lgan. Shundan yarmi vafot etgan. Oxirgi ikki hafta ichida 79 ta shunday hodisa ro‘y berdi. Andijon viloyati Jalaquduq tumanida bir ona o‘zini ikki farzandi bilan kanalga tashlab yuborgan. O‘zi omon qolgan, lekin ikki farzandi halok bo‘lgan. Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida bir ayol o‘z uyini yoqib yuborgan, oqibatda bolalari halok bo‘lgan. Bir ayol poyezdning tagiga chaqalog‘i bilan o‘zini tashlagan.

Yuqoridagi mudhish voqealar har qanday mo‘min-musulmonning qalbini larzaga solmay iloji yo‘q. Sabrsizlik esa, ana shunday oqibatlarga olib kelishligini voqe’lik ko‘rsatmoqda.

Alloh taologa shukrki, biz, musulmonlar, yashash uchun hamma sharoitlar to‘liq muhayyo qilingan, to‘kin, tinch va farovon jamiyatda yashamoqdamiz. Birov-birovning haq-huquqini kamsita olmaydi. Bunday adolatli jamiyatda yashash ayni saodatdir. Binobarin, bizning Vatanimizda o‘zini-o‘zi o‘ldirishga hech qanday sabab yo‘q. Har qanday ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni sabru qanoat va husni tadbir bilan hal qilsa bo‘ladi. Ammo besabrlik ila noshukrlik qilinsa, oqibati xayrli bo‘lmaydi!

Alloh taolo bizga omonat qilib bergan hayot ne’matini va umrimiz yillarini chiroyli solih amallar qilishga, savobli ishlar bilan o‘tkazishga, kundalik hayotiy qiyinchilik va muammolarimizni aql-zakovat bilan hal etishga harakat qilish va Alloh taoloning rahmatidan doimo umidvorlik bilan yashashga intilish – haqiqiy iymonli insonning barkamol fazilati hisoblanadi.

O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama kuchli, baquvvat, barkamol qilib voyaga yetkazishga barchamiz mas’ulmiz!

Alloh taolo har bir bandasiga ato etgan ne’matlariga shukr qilishni va sinov uchun yetgan musibatlarga sabr qilishni nasibu ro‘zi aylasin! Omin!

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

Mers Ukraina bo‘yicha muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi

Мерц бу ҳақда ZDF телеканалида айтиб ўтди.

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

AQSh Jahon Savdo Tashkilotining davri tugadi deb hisoblamoqda

Бу ҳақда Financial Times (FT) хабар бермоқда.

"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"

Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.