O‘z yeridan paxta o‘g‘irlagan fermer qo‘lga olindi

O‘z yeridan paxta o‘g‘irlagan fermer qo‘lga olindi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida paxta o‘g‘irlagan fermer IIB tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Postda.uz xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Qulfisar” suv iste’molchilari uyushmasi tarkibidagi fermer xo‘jaligi rahbari boshqaruvidagi “Jiguli” avtomashinasi to‘xtatib tekshirilganida avtoulov saloni va yukxonasida 200 kilogramm paxta xom ashyosi borligi ma’lum bo‘ldi.

Qulfisar mahallasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fermer O.N. paxtani sotish uchun olib ketayotganligini tan olgan.

Xuddi shunday, mazkur tumandagi “Istiqlol” suv iste’molchilari uyushmasi tarkibidagi fermer xo‘jaligi ishchisi, 1973 yilda tug‘ilgan SH.B. dala maydoniga 200 kilogramm paxta xom ashyosini yashirib qo‘yganligi aniqlandi. SH.B. paxtani uyiga olib ketish uchun saqlayotganligini yashirmagan. Ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!