"O‘tkan kunlar"dan keyingi eng zo‘r asar

A A A
"O‘tkan kunlar"dan keyingi eng zo‘r asar

Abdulhamid Ismoilning ko‘plab olqishlarga sazovor bo‘lgan "Jinlar bazmi" asarini o‘qib chiqdim. Yevropa Banki mukofotining sovrindori bo‘lgan bu kitobni qanday tarjima qilishgan bilmayman. Chunki bu asar tarjima qilib bo‘lmaydigan va bir amallab qilinsa ham ma’no, ruh va shaklda katta yo‘qotish bo‘lsa kerak deb o‘ylayman.

Buyuk asarlar o‘z tilida o‘qilishiga yana bir bor amin bo‘ldim. Abdulla Qodiriy "O‘tkan kunlar" asarida xalqimizning eng qora kunlaridan hikoya qilganidek, Abdulhamid Ismoil ham "Jinlar bazmi"da eng qayg‘uli, eng og‘ir davrdan so‘zlaydi.

Adabiyotning diqqat markazida doim inson taqdiri bo‘lib kelgan. Inson millat, vatan taqdiriga kuyunmaydigan adabiyotda xayr yo‘q. Ushbu asarda shaxs va millat taqdiri, ularning azaliy muammolari va dardi muhokama qilinadi.

Abdulla Qodiriy 1937 yilda hibsga olinmasidan oldin Qo‘qon xoni Umarxon davrida yashab o‘tgan Oyxon nomli kanizak haqida asar yozishni boshlagan edi. Ammo hibs qilinganda hamma qo‘lyozmalari musodara qilinadi, bu qo‘lyozma esa izsiz yo‘qoladi. Hamid akaning bu asari Qodiriy yozmoqchi bo‘lgan ana shu roman haqida. Qodiriyning hibsga olinishidan boshlab, uning xayolida Oyxon taqdirini tasavvur qiladi. Demak, bu kitobni roman haqidagi roman desak bo‘ladi.

Bu roman men shu paytgacha o‘qigan o‘zbek romanlaridan butunlay boshqacha, uslub jihatdan o‘ziga xos yozilgan. Romanda ikki xil syujet rivoji birdek ketadi. Bir syujet chizig‘ida Qodiriyning qamoqdagi hayoti tasvirlansa, ikkinchi syujetda Oyxon, 19 asrdagi xonlar saroyi, Markaziy Osiyo masalasida Britaniya va Chor imperiyasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan "Katta o‘yin" haqida gap ketadi. Ikkala syujet muntazam ketma-ket almashib turishi o‘quvchini biroz chalg‘itadi, kalavaning uchini topishga o‘ng‘aysizlanadi, taxminan yuz betlardan keyin ko‘nikib qoladi.

Mumtoz adabiyotdan uzoq o‘quvchilar bu kitobni tushunishi qiyinroq kechishi mumkin. Chunki muallif avom tilidan uzoqroq bo‘lgan, ancha oliy, nafis tilda yozadi. Ba’zi yozuvchilar kabi xalqona yozaman deb to‘porilashib ketmagan, poetik prozada yozgan. Uning ustiga eski o‘zbek shevalari va uslublari ham aralashtirilgan. Tojikcha-forscha dialoglar ham ko‘p. Tatar yoki o‘risning o‘zbekcha gapirishi ham asliyatdek berilgan. Mulla Shibirg‘oniy o‘zbekchasi yana boshqacha. Asar tili o‘ta nozik. Nozik ehtirosli manzara va epizodlar ham mumtoz she’riyat tilida shunday yoritiladiki, uni tushunish uchun zakovat kerak.

Menimcha, Hamid Ismoil o‘tkir tafakkur sohibi, mushohadasi keng, taxayyul olami boy, favqulodda iste’dodli yozuvchi. Bu asarni oldin ko‘rilmagan, sosial realizm sarqitidan yiroq, yangicha bir tariqat bilan bitgan. Muallif yozgan "Murtad" qissasini uncha tushunmagan edim, "Jinlar bazmi"ni tushundim . Boya aytganimdek bu yozuvchi uslubiga tushib olmasangiz qandaydir g‘alati tuyuladi. Tush, xayolot olamida yurgandek bo‘lasiz. Yozuvchining taxayyul va tasavvur qudratiga tan berasiz.

Abdulla Qodiriy qatori millatning eng ziyoli farzandlarining qamoqda kechirgan ruhiy va jismoniy azoblarini his qilasiz. O‘sha xonliklar davridagi zulm, jaholat, istibdod tufayli qora xalq boshiga kelgan balolar, natijada butun Turkiston katta imperiyalarga yem bo‘lishini o‘qib achinasiz.

Umarxonning o‘g‘li Madalixon otasidan keyin taxtga o‘tirib, tug‘yonga ketishi, hatto otasining xotinlariga tegajog‘lik qilishi jirkanishga undaydi. Tarixiy faktlarga qanchalik mos, bilmadim, lekin o‘sha davrlarda jaholat va zulm avj olgani sir emas.

Buxoro amiri Nasrulloxon Qo‘qonga bostirib kelganda askarlari hamma yoqni talon-taroj qiladi, ayollarni zo‘rlaydi. Bu manzara ham juda ayanchli tasvirlangan.

Asar davomida o‘sha epizodga mos g‘azallar, misralar berib boriladi. Bu hasm o‘zgacha go‘zallik bag‘ishlaydi.Ayniqsa oxirrog‘ida foje’li manzaralardan keyin Cho‘lponning qayg‘uli she’rlari qalbni larzaga soladi. Yuqorida aytganimdek, bu fojeaviy asar. Shaxs va millatning fojeali taqdiri muhokama qilinadi.

Bu o‘ta jiddiy kitob. Undan chaman bog‘lar, gulzorlar kutish noto‘g‘ri. 19-20 asrdagi o‘zbek xalqining fojeasi yoritiladi.

Bu kitob tarixiy mavzuda bo‘lsa ham ko‘targan masalasi azaliy va abadiydir. Toki insonlar bor ekan hurlik va qullik, adolat va zulm, erkinlik va istibdod masalasi dolzarbligicha qoladi. Bu asar o‘quvchini fikrlashga, tarixiy voqelikni qiyoslashga, mavjud vaziyatni tahlil etishga undaydi. O‘rta Osiyo nega istilo qilingan edi, bolsheviklar millatning asl farzandlarini nega qatl qilishgan edi kabi savollar miyada g‘ujg‘on o‘ynashni boshlaydi.

Hamid Ismoil bergan intervyularida yozgan kitoblarini sharhlashni yoqtirmaydi. O‘zingiz o‘qib ko‘ring, nima demoqchi bo‘lgan bo‘lsam hammasini yozganman deydi. Men ham gapni qisqa qilib, bu kitobni o‘zingiz o‘qib chiqishga undayman. "O‘tkan kunlar"dan keyingi eng zo‘r asar, desak mubolag‘a bo‘lmaydi, ishonavering.

manba: Sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

“Agar mening qo‘limda bo‘lsa, men neftni olib qo‘yar edim. Lekin AQSh xalqi buni tushunmaydi deb o‘ylayman,” — Tramp

Эрон халқи қурол олса, қаршилик кўрсатади. Агар уларда қурол бўлса, Эрон жуда тез таслим бўлар эди.

AQSh Eronda o‘z “zaifligini” ko‘rsatdi

Беларусь президенти Александр Лукашенко АҚШнинг Эрондаги ҳаракатлари унинг “заифлигини” намоён этганини билдирди.

Zo'r TV telekanali 7-aprel kuni Chempionlar ligasining qaysi o‘yinini jonli translyasiya qiladi?

Европа чемпионлар лигасининг чорак финал босқичи доирасида бўлиб ўтадиган ўйин Zo'r TV телеканали орқали жонли трансляция қилинади.

Samarasiz ishlayotgan davlat korxonalari soni e’lon qilindi

Президент Шавкат Мирзиёев 6 апрел куни иқтисодиётда давлат иштирокини қисқартириш ва хусусийлаштириш жараёнларини жадаллаштиришга доир таклифлар тақдимоти билан танишди.

Isroilda 7 mingdan ortiq kishi jarohatlandi

Эрон зарбалари натижасида Исроилда 7 142 нафар киши жароҳат олгани маълум қилинди.

AQSh va Isroil Eronda maqsadlariga erisha olmadi

The Responsible Statecraft нашрига кўра, АҚШ ва Исроил Эронга қарши бошланган ҳарбий кампанияда кутилган натижаларга эриша олмаган.

Mariya Zaxarova Yaponiyani Ukraina mojarosiga aralashishda aybladi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова Японияни Украинадаги можарога тобора кўпроқ аралашаётганликда айблади.

Donald Tramp: seshanba Eron bilan bitim uchun so‘nggi muddat bo‘lishi mumkin

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон билан келишувга эришиш учун сешанба куни сўнгги муддат бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ispaniya aholisi Trampni tinchlik uchun Putindan ko‘ra kattaroq xavf deb bilishadi — El Pais

Нашр томонидан ўтказилган сўровномага кўра, испанлар тинчликка асосий хавф сифатида АҚШ президенти Доналд Трампни (81%) кўришади.

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Украинада уруш деярли тўрт йилга яқинлашар экан, Россиянинг секин, лекин доимий босими Киев позицияларини музокараларда заифлаштирмоқда.

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.

35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Ҳозирда қонунбузарларга нисбатан Жиноят Кодексининг 223 ва 246-моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга кўра, Андижон вилояти ҳокимининг ўринбосари И.Исманов 50 минг доллар пора олаётганда қўлга олинган.

Eron hukumati ikki namoyishchini qatl qildi

Диний суд талқинига кўра, улар оммавий қотилликларни режалаштирган.

Jizzaxda ayanchli YTH: 5 kishi halok bo‘ldi

ЙТҲ оқибатида ҳар икки машина ҳайдовчиси, шунингдек, Nexia машинасида йўловчи сифатида кетаётган Хитой давлатининг 54 ёшли фуқароси воқеа жойида ҳалок бўлган.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming AQSh dollar pora qo‘lga olindi

И.Б. Исманов 2022–2025 йилларда Андижон вилояти ИИБ бошлиғининг ўринбосари – Жамоат хавфсизлиги хизмати бошлиғи лавозимини ишлаган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.