Kanada AQShni asosiy tahdid deb hisoblamoqda
8 iyulda e’lon qilingan Pew Research Center so‘roviga ko‘ra, Kanadaliklarning 59% AQShni mamlakatlari uchun asosiy tahdid sifatida ko‘rmoqda. Bu ko‘rsatkich hatto Rossiya, Eron yoki Shimoliy Koreyadan ham yuqori.
Sabab sifatida Donald Trampning Kanada haqidagi ishg‘olchi ritorikasi va uni “51-shtat”ga aylantirish haqidagi bayonotlari keltirilmoqda. Kanada hukumatining noroziligiga qaramay, Tramp bu g‘oyani takrorlamoqda.
Shuningdek, Trampning tashqi siyosati, jumladan savdo jarimalari, Grenlandiyani sotib olish istagi va harbiy tahdidlar, Kanadada xavotir uyg‘otgan.
❗ Qo‘shni Meksikada ham 68% so‘ralganlar AQShni asosiy tahdid deb hisoblaydi.
Shu bilan birga, kanadaliklarning yarmidan ko‘p qismi AQShni asosiy ittifoqchi deb bilishda davom etmoqda — bu munosabatlar ikkilamchi xarakterga ega ekanini ko‘rsatadi.
Evropa va boshqa davlatlar:
-
Evropada asosiy tahdid sifatida hali ham Rossiya ko‘rilayotgan bo‘lsa,
-
Polshada — 81%,
-
Shvesiyada — 77% rossiyani xavf deb hisoblaydi.
-
-
AQShga eng sodiq davlatlar:
-
Isroil (95%),
-
Janubiy Koreya (89%),
-
Yaponiya (78%).
-
📊 So‘rovnoma 25 mamlakatda 28 mingdan ortiq odam o‘rtasida o‘tkazilgan.
