Kellogg: "AQSh va Yevropa Ukraina uchun "Marshall rejasi"ni ishlab chiqishi mumkin"

A A A
Kellogg: "AQSh va Yevropa Ukraina uchun "Marshall rejasi"ni ishlab chiqishi mumkin"

AQSh va Yevropa Ukrainani tiklash bo‘yicha yangi "Marshall rejasi"ni ishlab chiqishi mumkin.

Bu haqda AQSh prezidentining maxsus vakili Keyt Kellog Amerikaning Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropaga ko‘rsatayotgan yordam dasturi bilan parallel ravishda aytib o‘tdi.

"Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh va Yevropa ittifoqchilari urushdan vayron bo‘lgan hududlarni qaytadan faoliyat ko‘rsatayotgan davlatlarga aylantirishga majbur bo‘ldi. Biz bu kabi sa’y-harakatlarning muvaffaqiyatini, ayniqsa, "Marshall rejasi" deb nomlanuvchi Yevropani tiklash rejasi bilan ko‘rishimiz mumkin... AQSh va yevropaliklar Ukrainaga nisbatan ham xuddi shunday sa’y-harakatlarni boshlashlari mumkin", — dedi u Rimda Ukraina bo‘yicha konferensiyada so‘zlagan nutqida.

Kelloggning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb allaqachon Kiyev bilan imzolangan iqtisodiy hamkorlik shartnomalari orqali bu maqsad sari olg‘a siljishini ko‘rmoqda.

Avvalroq Ukraina bosh vaziri Denis Shmixal yaqin 14 yil ichida mamlakatni tiklash va modernizasiya qilish uchun 1 trillion dollar kerak bo‘lishini va Kiyev uni muzlatilgan Rossiya aktivlarini, shuningdek, Yevropadagi sarmoyalarini musodara qilish orqali olishni kutayotganini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020 йилда ҳокимиятга келгач дарҳол Хитой элчисини чақириб, Хитой-Қирғизистон-Ўзбекистон темир йўли лойиҳасини бошлашни таклиф қилган.

Legionerimiz jamoasi bilan Chempionlar ligasida millionlab yevro ishlab oldi