O‘rtasaroydagi karantin shaharchasiga giyohvand modda olib qirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

O‘rtasaroydagi karantin shaharchasiga giyohvand modda olib qirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

O‘rtasaroydagi karantin shaharchasiga giyohvandlik moddasi olib qirmoqchi bo‘lgan shaxs nazorat punktida qo‘lga olindi.

Bu haqda IIBB Axborot xizmati tomonidan ma’lum qilindi.

Takidlanishicha, joriy yilning 3 avgust kuni Yuqori Chirchiq tumani «O‘rtasaroy» karantin shaharchasida xizmat olib borayotgan Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan, karantin shaharchasining qurilish hududida yolmanma xizmatchi bo‘lib ishlovchi 25 yoshli T.A. nazorat o‘tish joyida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, uning yonidan qog‘ozga o‘ralgan, (ekspertiza xulosasiga ko‘ra) og‘irligi 2,83 gr marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan, Yuqori Chirchiq tumani IIB TB tomonidan T.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!