Urgutda me’yoridan ortiq somon ortib ketayotgan mashinadagi somonlar yonib ketdi

Urgutda me’yoridan ortiq somon ortib ketayotgan mashinadagi somonlar yonib ketdi

2022 yilning 9 iyun kuni soat 10:00 larda Urgut tumanining Guliston MFY hududida Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro X.J.ga tegishli bo‘lgan "ZIL" rusumli transport vositasiga ortilgan 400 dona somon presi yonib ketgan. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayev xabar berdi.

Yong‘inning sababi: haydovchi yuk mashinasiga me’yorlardan ortiq balandlikda somon ortgani uchun harakatlanib ketayotgan vaqtida elektr tarmoqlaridagi simlarga tegib qolgan.

Shundan so‘ng, ular elektr simini tepaga ko‘tarmoqchi bo‘lishganida qisqa tutashuv hamda chaqnash sodir bo‘lgan va somon toylar yonib ketgan.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!