Urganchda 8 nafar yoshlardan tashkil topgan jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi

Urganchda 8 nafar yoshlardan tashkil topgan jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudida o‘g‘rilikni kasb qilgan 2002 yilda Urganch shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta, vaqtincha ishsiz, muqaddam bir necha bor sudlangan M.S., 2003 yilda Urganch shahrida tug‘ilgan, Urganch davlat universiteti talabasi, muqaddam sudlanmagan B.A., 2003 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, o‘rta ma’lumotli, vaqtincha ishsiz va muqaddam sudlanmagan M.A., 2000 yilda Urganch shahrida tug‘ilgan, o‘rta ma’lumotli, vaqtincha ishsiz va muqaddam sudlanmagan O.M., 2000 yilda Urganch shahrida tug‘ilgan, o‘rta ma’lumotli, vaqtincha ishsiz va muqaddam sudlanmagan R.R., 2001 yilda Urganch shahrida tug‘ilgan, o‘rta ma’lumotli, vaqtincha ishsiz va muqaddam sudlanmagan B.H., 1998 yilda Urganch tumanida tug‘ilgan, o‘rta ma’lumotli, vaqtincha ishsiz va muqaddam sudlanmagan X.E. hamda 2000 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida tug‘ilgan, o‘rta ma’lumotli, vaqtincha ishsiz va muqaddam sudlanmagan A.S. ismli fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sudda aniqlanishicha 8 nafar ayblanuvchi guruh bo‘lib Urganch va Xiva shahrida hamda Gurlan va Urganch tumanlarida tungi paytda ko‘chada qoldirilgan avtomobillarni kabob sixi yordamida ochib, mashina salonidan pul, qimmatbaho buyumlar, pasport va hujjatlarni o‘g‘irlab kelishgan. Seriyali tarzda davom ettirilgan jinoyatlar natijasida 17 nafar fuqaroga moddiy zarar yetkazilgan.

Sud jarayonida ayblanuvchilarning aksariyati qilgan jinoiy harakatiga qisman iqror bo‘lishdi. Sud, davlat ayblovchisining xulosasi, advokatlarning fikrini, jabrlanuvchi, sudlanuvchi hamda guvohlarning ko‘rsatmalarini eshitib, jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib chiqib, sudlanuvchilarning aybiga qisman iqrorligi va pushaymonligi, oilaviy ahvoli, yoshligi kabi holatlarni inobatga olib hukum qildi.

Sud hukmiga ko‘ra M.S. JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi, 28,169-moddasi 3-qismining “a” bandi va 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JKning 59-moddasi tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 5 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, unga jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining 2021 yil 9 iyundagi ajrimiga ko‘ra jazoning o‘talmagan 2 yil 9 oy 13 kuni JKning 74-moddasi tartibida shu muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilib, o‘talmay qolgan 2 yil 9 oy 13 kun axloq tuzatish ishlari jazosini JKning 60,61-moddalari tartibida qisman qo‘shib uzil-kesil 5 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi va jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

B.A. JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi, 25,169-moddasi 3-qismining “a” bandi, 28,169-moddasi 3-qismining “a” bandi va 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JKning 59,61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 3 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

M.A. JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi, 28,169-moddasi 3-qismining “a” bandi, 25,169-moddasi 3-qismining “a” bandi, 28,25,169-moddasi 3-qismining “a” bandi va 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JKning 59-moddasi tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 2 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

O.M. JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi va 28,169-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JKning 59-moddasi tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 2 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

R.R. JK 169-moddasi 2-qismining “v” bandi, 28,169-moddasi 3-qismining “a” bandi va 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JKning 59-moddasi tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 2 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

B.H. JK 169-moddasi 2-qismining “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JK 169-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

X.E. JK 28,169-moddasi 2-qismining “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JK 28,169-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

A.S. JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi, 28,169-moddasi 3-qismining “a” bandi, 25,169-moddasi 3-qismining “a” bandi va 28,25,169-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JKning 59-moddasi tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!