O‘qishga kiritish hamda o‘qishni ko‘chirib berishni vada qilganlar ushlandi

O‘qishga kiritish hamda o‘qishni ko‘chirib berishni vada qilganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.B. boshqa bir fuqaro S.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Urganch davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlangan.

Shu kabi, Bog‘ot tuman bo‘limi va viloyat DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. fuqaro I.ning Qirg‘iziston Respublikasidagi o‘qishini Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialiga ko‘chirib berish evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan olgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlangan.

Departament hamda DXXning Bekobod shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro O.I. fuqaro S.ning Tojikiston Respublikasi oliygohidagi o‘qishini Turin politexnika universitetiga ko‘chirib berish evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!