O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro SH.SH. fuqaro SH.ga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi universitetning 1-kursini tamomlaganligi haqida hujjat tayyorlab berib, keyinchalik ushbu hujjat asosida Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan F.S. fuqaro Z.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida 2 000 AQSh dollari evaziga Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga kelishib, oldindan 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Paxtaobod tumanidagi Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi talabasi O.D. fuqaro G.ning farzandini tanishlari yordamida ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!