Un narxi keskin qimmatlashdi

Un narxi keskin qimmatlashdi

Tojikistonda un narxi yana osmonga o‘rladi. Shu kunda Dushanbe bozorlarida 1 qop (50 kg) unning narxi naviga qarab 160-180 somoniyni ($17-19) tashkil qilmoqda. Sentyabr oyida birinchi navli bir qop un bahosi bozorda 148 somoniy edi.

Dushanbening “Mehrgon” bozorida un sotadigan Xayriddin G‘afurov Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan oliy navli 1 qop (50 kg) unni 165 somoniydan 180 somoniygacha sotayotganini aytadi. Unga ko‘ra, Qozog‘iston o‘z g‘allasini yangi narxlar bo‘yicha sota boshlaganidan so‘ng un bahosi ko‘tarilib ketgan.

Ayni paytda Qozog‘iston kelajakda g‘alla eksportidan voz kechish va mamlakatda yig‘ib olingan hosilni to‘laligicha shu yerning o‘zida qayta ishlash masalasini muhokama qilmoqda. Yaqinda mahalliy nashrlar Qarag‘anda viloyati g‘allakorlar va novvoylar assosiasiyasi rahbarining so‘zlariga tayangan holda Qozog‘iston g‘allani xom ashyo sifatida eksport qilmasdan, un tayyorlash va mamlakatda yetishtirilgan g‘allani qayta ishlash hajmini to‘rt barobar oshirish quvvatiga ega ekani haqida yozib chiqqan edilar.

Tojikiston rasmiylari iddaosicha, mamlakatda yetishtirilgan un ichki ehtiyojni to‘laligicha ta’minlaydi.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!