Ijtimoiy tarmoqlarda umra va hajga boruvchilarga meningitga qarshi emlanish talabi bekor qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Sanepidqo‘mita matbuot xizmati buni rad etdi.
Saudiya Arabistoni qirolligi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2024 yilning dekabr oyida 2025 yildan boshlab umra va haj amallarini bajarish uchun keladigan barcha ziyoratchilarning meningit infeksiyasiga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi hujjati bo‘lishi shartligini talab qiluvchi me’yoriy hujjat chiqargandi.
Sanepidqo‘mita “haj va umra ziyoratlariga borishda meningitga qarshi vaksina olish kerak deyilgan qaror bekor qilindi, endi vaksina olmasdan umraga borsangiz bo‘ladi”, degan mazmundagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini, Saudiya Arabistoni umra va haj ziyoratlariga boruvchilarda meningit kasalligiga qarshi emlanganlik haqida hujjat bo‘lishi zarurligini rasman bekor qilmaganini ma’lum qildi.
“Mamlakatimizga yuqumli kasalliklarning chetdan kirib kelishini oldini olish va epidemiologik barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ziyoratchilarni meningitga qarshi emlash tavsiya etiladi”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Viza turidan qat’i nazar, Saudiya Arabistoni hududiga kelayotganlar to‘rt komponentli Neisseria vaksinasi, polisaxarid yoki konyugirlangan vaksina bilan emlanishlari shart. Ular to‘rt komponentli vaksina uchun kelishlaridan kamida o‘n (10) kun oldin, polisaxarid vaksina uchun uch (3) yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda yoki konyugirlangan vaksina uchun besh (5) yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda berilgan emlash sertifikatiga ega bo‘lishi lozim.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мамлакат элчихонаси кўмагида Ташқи ишлар вазирлиги, Ички ишлар вазирлиги ва Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги вакилларидан иборат Ўзбекистон делегациясининг Будапешт шаҳрига амалий ташрифи ташкил этилди.
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Маълум қилинишича, биринчи контингент Ҳиндистон, Индонезия, Бразилия ва Саудия Арабистони ҳарбийларидан ташкил топиши мумкин бўлиб, уларни Россия ва Украина чегарасига жойлаштириш кўзда тутилган. Иккинчи контингентга эса...
Tesla’нинг йирик инвестори Newsweek нашрида берган интервьюсида компания директорлар кенгашини Илон Маскни бош директор лавозимидан четлатишга чақирди.