Ulug‘bek Rashitov jahon chempionatida bronza medaliga sazovar bo‘ldi

Ulug‘bek Rashitov jahon chempionatida bronza medaliga sazovar bo‘ldi

Bokuda start olgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli boshlandi. Ilk kunning o‘zidayoq terma jamoamiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

-68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ulug‘bek Rashitov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Yarim finalgacha bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan yurtdoshimiz final ostonasida koreyalik Xo-Jun Jinga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bu Rashitov uchun faoliyatida jahon chempionatlaridagi ilk medal hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!