O‘limga yengilmagan Ona yoxud “O‘g‘lim sira bo‘lmaydi urush”

A A A
O‘limga yengilmagan Ona yoxud “O‘g‘lim sira bo‘lmaydi urush”

Prezidentimiz Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Urush qahramonlari haqida gapirar ekanmiz, tabarruk Ona siymosi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Chunki ona el-yurt himoyasini or-nomus ishi deb biladigan mard va botir o‘g‘lonlarni voyaga yetkazgan ulug‘ zotdir. Urushning barcha azob-uqubatlarini eng ko‘p tortgan insonlar ham mushtipar onalarimizdir. Bamisoli sabr-bardoshdan yaralgan, urush yillarida muqaddas Vatan timsoliga aylangan bunday metin irodali onalar yurtimizda ko‘plab topiladi”, degan edi. Qoraqalpog‘istonlik Nigarxan Mambetkarimovaning hayot yo‘li, matonatli qalbini ham ana shunday ’tirof etish o‘rinli.  

Urush minglab insonlarni ota-onasidan, yoridan, farzandidan ayirgan zahri qotildir. Bu urush oqibatida ko‘plar aziyat chekkan bo‘lsa-da, ammo farzandidan ayrilib, nido chekkan onaning dardini eshitish, his qilish hammasidan og‘ir.

“Bolamni o‘ldi, demang... Ishonmayman!”

Orol dengizi ayni suvga to‘lib, tirikchilik manbaiga aylangan yillarda voyaga yetgan Nigarxan qishloqning suluv qizlaridan edi. Oshiqlari ko‘p bo‘lgani uchun qalin pulini ko‘proq bermoqchi bo‘lganlar bo‘lsa-da, ammo Nigarxanning otasi qizini Allamuratga uzatdi. Yosh oilani ocharchilik yillarining qiyinchiliklari chetlab o‘tmadi. Bir-biriga yelkadosh bo‘lib, ikki o‘g‘il, uch qizni tarbiyaladi. Farzandlariga kurmakni maydalab, qaynatib bergan kunlar ham bo‘ldi.

1939 yil Allamurat Mo‘ynoqda ishlab yurganida, Orol dengizidan suv toshishi oqibatida halok bo‘ldi. Oila yuki Nigarxanning gardaniga tushdi. Qizi Suluvxanni turmushga uzatib, o‘g‘illari Xojamurat va Auyesni ustaga shogirdlikka berdi. Endi halovat topdim, deganida sovuq urush xabari keladi, 1941 yil katta o‘g‘li Xojamurat armiya safiga chaqirilib, jang maydoniga ketadi. 1942 yil 3 sentyabrda esa frontdan “Oddiy askar Xojamurat Allamuratov fashizmga qarshi jangda mardonavar qatnashgani va  Smolensk viloyatining Karmanov tumani, Tverdunova qishlog‘i yaqinidagi o‘rmonda vazifasini bajarish chog‘ida safdoshlari bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmagani uchun izsiz yo‘qolgani” bo‘yicha xabar va ko‘rsatgan jasorat uchun medal keldi. Onaizor bu xabarga ishonmadi, “Bolam, toshning orasidan yorib chiqadigan azamat yigit”, deb unga hamdard bo‘lib kelganlarni ortiga qaytarardi. Ammo oradan uch kun o‘tib, kichik o‘g‘li Auyesni ham frontga olib ketishadi. Ayol ikki qanotidan ayrilgan burgutdek azob cheksa-da, ammo dardini ichiga yutadi.

Nigarxan ovulning xotin-qizlariga bosh bo‘lib, ularni matonatli bo‘lishga undaydi. O‘g‘lidan “qora xat” kelgan onalarga dardkash, jigarporasi o‘lim o‘chog‘ida yurganlarga esa suyanchiq bo‘ladi. Uning metindek irodasi haqida “Orol baliqchisi” gazetasida “O‘limga yengilmagan Ona!” sarlavhali maqola chop etiladi. “Nigarxan Mambetkarimova nag‘iz qahraman hayal. Sebebi ol yeki balasi urista yekenligine qaramay miynet frontinda jemisli xizmet yetpekte. Qizi Suluxan bolsa frontqa samolyot ham aziq auqat jiberiu ushin, konililerin topar duzip teatrda xizmet qilmaqta”, deb yozilgan gazetada.

Ayol katta o‘g‘lini yigirma besh yil kutadi, shu og‘riqli yillar ichida u o‘zidan o‘tganini o‘zi bildi. Oxiri taqdirgan tan berib, 1967 yil Xojamurat Allamuratovga yodgorlik o‘rnatdi.

“Ernazarning “urpag‘iman”

Auyes Allamuratov safdoshlariga nisbatan ancha matonatli va jasur edi. U 1942 yil 2-Belorussiya fronti, 36-gvardiya alohida 32-o‘qchi diviziyasida razvedka polkida o‘qchi vazifasida xizmat qiladi. U qisqa muddat ichida jasorat ko‘rsatib, malakali va ishonchli razvedkachilar safiga qo‘shiladi hamda gvardiya komandirlarining nazariga tushadi. Urushda harbiy harakatlanishning o‘z qoidalari bor. Qahramonimiz dushmanning maxsus ob’ektlarini kunduzi va kechqurun razvedka qilishni boshlaydi. Kunduzi razvedka ishlarini olib borish bu o‘limga tik boqishdir.

O‘limga yengilmagan Ona yoxud “O‘g‘lim sira bo‘lmaydi urush”

1943 yilning kuz faslidan Bryansk polkida nemis qo‘shinlariga qarshi jangni davom ettiradi. Jangovar harakatlari davomida o‘qchi qo‘shinlari zaxirasi va dushman qo‘shinlarini olib chiqish hamda uzoq masofali harbiy hiylalardan foydalanish bo‘yicha 73 marta missiyada qatnashadi. Kishi hech qayerda qo‘llanilmagan harbiy hiyla ishlatish uchun ancha zakovatli bo‘lishi kerak. Auyes Allamuratov esa dushman tarafning mudofaa chiziqlarini shu qadar chapdastlik bilan kesib o‘tar va sovuqqonlik bilan vazifani bajarardi. Safdoshlariga “Qoraqalpoq xalqining mard o‘g‘loni Ernazarning “urpag‘iman”, deb aytardi. Chindan ham Auyes Ernazardek jasur, onasi Nigarxan esa Qumar ona singari matonatli ayol edi.

1944 yil 5 aprel... Bu vaqtga kelib, Auyes Belorussiya frontining eng oldi razvedkachilari safida edi. Kunduzi razvedka jarayonida dushman qo‘shinlari ularni zenit o‘qlari bilan kutib oldi. Jamoa vahimaga tushmay, mohirlik bilan vaziyatni qo‘lga oladi. Dushman ancha tajribali va imkoniyati ko‘proq bo‘lsa-da, ammo Auyes va uning safdoshlari ulardan ko‘ra epchil edi. Allamuratov dushman askarlariga tuzoq qo‘yishga erishadi va ularni chalg‘itadi ham. Fashist qo‘shinining eng katta maxfiy bazasi haqida ma’lumot oladi va bu keyingi g‘alaba uchun poydevor bo‘lib xizmat qildi. Bu jangda ko‘rsatgan jasorati uchun u “Qizil Yulduz” ordeni bilan taqdirlangan.

Berlinni bosib olishga bo‘lgan jangovar tayyorgarliklarda razvedkachilarning ishi ko‘paydi. 1945 yil 25 aprelda to‘rtinchi marta fashistlar poytaxtiga qarab yurish qilindi. Vazifa o‘ta og‘ir. Sovet armiyasining eng tajribali komandirlarigina bu operasiyaga jalb qilingan. Guruh a’zolari bu oddiy topshiriq emasligini yaxshi bilishardi. Allamuratov belgilangan manzilga yetib bordi. Auyesning guruhi boshqalardan ancha oldinda ketardi. Kutilmaganda fashist askarlari pistirmadan hujumga o‘tishdi. Bu jangda u o‘ng oyog‘idan yaralandi va Saratovdagi gospitalga tushadi.

Yorug‘ kunlar ilinji

Nigarxan ona kenja o‘g‘lini ikki ko‘zi to‘rt bo‘lib kutardi. Vanihoyat, Auyes Allamuratov 1947 yilgacha armiyada xizmat qilib, so‘ng bir shoda orden va  medallar bilan uyiga qaytadi. O‘g‘lining birinchi guruh nogironi bo‘lsa da, ammo tirikligini ko‘rib suyunardi. Ona yorug‘ kunlar ilinjida edi. Mana, Xojamuratdan boshqa barcha farzandi yonida. Auyes urush qahramoni, qizi Suluvxan esa Qaraqalpog‘iston xalq artisti, el sevgan san’atkor edi.

Nigarxan onani bejiz Qumar onaga o‘xshatmadim. Qumar ona yolg‘iz farzandi Ernazar Xiva xoniga qarshi kurashgani uchun qatl etiladi, ammo jasoratiga tan bergan xon uning uzilgan boshini oltin meshda darvozaga ilib qo‘yadi. Buni ko‘rgan Qumar ona metindek iroda bilan “Bolam o‘lmagan, qarang, uning tabarruk boshi hurmatga sazovar bo‘lganini! Xon esa yashirinib saroyida dimiqib o‘tiribdi” degan gapi el ichida tildan-tilga ko‘chadi...

Ayjamal JOLDASBAYEVA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Amerikaliklar Trampning o‘g‘lini urushga yuborishni talab qilmoqda

Bild нашрининг хабар беришича, минглаб америкаликлар Доналд Трампнинг ўғли Берронни ҳарбий хизматга чақиришни талаб қилмоқда.

BMTda uyat va bema’nilik teatri

Жанговор ҳаракатларни зудлик билан тўхтатишга чақирувчи ҳужжат қабул қилинмади.

"Suv ostidan uchiriladigan va soniyasiga 100 metr tezlikka ega": Eron yangi turdagi raketalarini ishga solmoqchi

Эрон яқин кунларда жавоб зарбалари учун янги турдаги ракеталардан фойдаланиши мумкин.

MMA afsonasi Trampning Eron haqidagi gaplariga keskin javob qaytardi

Ўтмишдаги машҳур ММА жангчиси Жефф Монсон Эрон футбол терма жамоаси билан боғлиқ вазият ҳақида ўз фикрини билдирди.

Eron Isroilga o‘ta og‘ir ballistik raketalar bilan kuchli hujum uyushtirdi

Эрон Исроил ҳудудига ўта оғир баллистик ракеталарни қўллаган ҳолда кучли ҳужум уюштирди.

Eron AQShga yadroviy qurol dasturidan voz kechishni hujjatlashtirishni taklif qildi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арағчи бу ҳақда ижтимоий тармоқдаги саҳифасида маълум қилди.

«Real»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» kiyinish xonasida nimalar bo‘ldi?

«Манчестер Сити» Чемпионлар лигаси доирасидаги «Реал»га қарши сафар ўйинида муваффақиятсизликка учради.

Eron dunyoga o‘z shartlarini qo‘ymoqda

Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.

Tramp Eronning yangi oliy rahbari haqida gapirdi

Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Eron oliy rahbarining salomatligi haqida xabar berildi

Бу ҳақда ISNA Эрон ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Eronning o‘rniga Jahon chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда ESPN нашри хабар бермоқда.

AQSh dunyo bozori Rossiya neftiga qaram ekanini tan oldi

Дмитриевнинг таъкидлашича, энергетика инқирози кучайиши ортидан, Европа Иттифоқининг бюрократик қисмининг қаршилик кўрсатишига қарамай, Россия энергия ресурсларига киритилган чекловлар юмшатилиши тобора муқаррар бўлиб бормоқда.

Fransiya vakillari Moskvaga tinchlik taklifi bilan keldi, ammo rad javobini oldi

Financial Times нашрининг хабар беришича, Франция президенти Эммануэль Макроннинг миллий хавфсизлик бўйича маслаҳатчилари — Эммануэль Бонн ва Бертран Бухвальтер февраль ойида Москвага Украина бўйича тинчлик музокаралари таклифи билан ташриф буюрган.

Eronga qarshi urush qanday tugaydi?

АҚШнинг собиқ ҳарбий, разведка ходимидан учта сценарий

Tramp nega Zelenskiyni «kelishish»ga chaqirmoqda?

Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.

Toshkent viloyatida haydovchi avtobusda "gashish" sotayotganda ushlandi

Тезкор тадбир давомида гумонланувчининг ёнидан ҳамда бошқарувидаги автобусдан яна тўққиз дона ўрам, жами 11 ўрамда 5 грамм гашиш гиёҳвандлик воситасини сотиш мақсадида сақлаб келгани аниқланган.

"Jonli konteyner": 410 gr. tillani ichki a’zolariga yashirgancha olib chiqishga uringanlar fosh qilindi

Дастлабки ҳисоб-китобларга кўра, мазкур заргарлик буюмларининг жами қиймати 720 млн сўмни ташкил қилмоқда.

Rossiya Kiyevga hujum uyushtirdi, qurbonlar va yaradorlar bor

Маълумотларга кўра, ҳужумдан кўзланган асосий нишонлар Триполе ИЭС ҳамда Киевни Ривне АЭС билан боғловчи Наливайковкадаги подстанция бўлган.

Alimentdan qochgan otalar

Бюронинг Дўстлик тумани бўлими томонидан қидирув эълон қилинган қарздор Ш.Х. Тошкент вилояти Ўрта-Чирчиқ туманидаги кўмир омборларидан бирида топилди.

MIB tomonidan Uchko‘prik tumanida psixotrop moddalar yo‘q qilindi

Шу боис бундай ҳолатларнинг олдини олиш ва қонун устуворлигини таъминлаш борасида тизимли ишлар олиб борилмоқда.

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida narkojinoyatlar fosh qilindi

Ҳозирда қонунбузарларнинг барчасига нисбатан Жиноят Кодексининг тегишли моддалари билан жиноят ишлари қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди.

FVB xodimi 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi

ФВБ ходимига нисбатан жиноят иши қўзғатилди.

Erondagi mahalliy bayramda aholi AQSh hamda Isroil uchun ramziy tobutlar yasadi

Юришлар жараёнида айрим ҳудудларда портлаш товушлари эшитилган.

Yahudiylar maktabida o‘q uzgan shaxs kimligi ma’lum bo‘ldi

Терговчилар жиноятнинг омилларидан бири — қасос бўлиши мумкин, деб ҳисобламоқда.

Yunusobodda yangi qurilayotgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Қутқарув экипажлари воқеа жойига соат 11:09 да етиб бориб, ёнғин соат 11:16 да қуршаб олинган ва 11:19 да тўлиқ бартараф этилган.

Minobdagi maktab hujumi: hech kim jazoga tortilmaydi

Эроннинг Миноб шаҳридаги қизни мактабига қилинган ракетали ҳужум ҳеч ким томонидан атайлаб амалга оширилмаган.

Hindistonda Isroil uchun dronlar ishlab chiqaradigan zavodda yirik yong‘in

Сўнгги маълумотларга кўра, фожиа оқибатида заводда бўлган ишчилар ва муҳандислардан камида 50 киши ҳалок бўлган.

Isroil Bayrutga yangi zarbalar seriyasini boshladi

Исроил армияси Байрутдаги нишонларга янги зарбалар сериясини бошлади.

Qirg‘izistonda 2025 yilda internet firibgarlari fuqarolardan 826 mln so‘m o‘g‘irlagan

Бу ҳақда Қирғизистон ички ишлар вазири ўринбосари Нурбек Абдиев маълум қилди.

AQSh "Green Card" lotereyasi qayta boshlanganligini ma’lum qildi

АҚШ Давлат департаменти Green Card (DV-2026) хилма-хиллик визаси лотереяси 2026 йил 10 апрелдан бошланишини эълон қилди.

Bekobodda 11-sinf o‘quvchisining o‘limida gumonlanib yana 4 nafar o‘smir hibsga olindi

Жабрланувчи тиббиёт муассасасига олиб борилган бўлса-да, кўрсатилган тиббий ёрдамга қарамасдан, вафот этган.

Krokus Siti Xolldagi teraktni uyushtirgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Теракт оқибатида 150 киши ҳалок бўлган, 336 киши жароҳатланган, яна 3 киши бедарак йўқолган.

Toshkentda yo‘l o‘tkazgich devori o‘pirilib tushdi

Ҳодиса содир бўлган ҳудуд ўраб олинган, зарур хавфсизлик чоралари кучайтирилган.

Vashingtonda Tramp va Epshteyn tasvirlangan haykal paydo bo‘ldi

Инсталляция “Титаник” фильмидаги машҳур саҳнага ўхшатиб ишланган бўлиб, олтин рангга бўялган.