O‘lgandan so‘ng qayta tirilishga ishonsangiz...

A A A
O‘lgandan so‘ng qayta tirilishga ishonsangiz...

Dinimiz ta’limotlariga ko‘ra o‘lim insonning yo‘q bo‘lishi emas. Bizning sobit aqiydamiz bo‘yicha o‘lim besh kunlik bevafo dunyodan abadiylik va vafo dunyosiga ko‘chib o‘tish nuqtasidir. Odam bolasining joni uzilib, tanasidan chiqsa, tana murdaga aylanadi. Tana tuproqdan bo‘lgani uchun u tuproqqa topshiriladi. Ammo odamning ruhi – joni Alloh taolodandir. Alloh taolo esa azaliy va doimiy barhayot Zotdir. Shuning uchun o‘lgan odamlarning jonlari tanadan chiqqanidan keyin ular uchun tayyorlab qo‘yilgan barzax nomli joyga borib turadi. U yerda tirik va hushyor turadi. Ortidan qolgan yaqinlarining holidan, qilayotgan ishlaridan xabardor bo‘lib, ularning yaxshiliklaridan xursand, yomonliklaridan xafa bo‘lib turadi. Bizning o‘tgan azizlarimizni yo‘qlashimiz ham o‘sha ruhlarga qaratilgan bo‘ladi.

Agar o‘lim va qayta tirilish bo‘lmasa, haqiqiy adolat yuzaga chiqmaydi – bu dunyoda yaxshilik qilgan odam yaxshiligining to‘la mukofotini ola bilmaydi, bu dunyoda yomonlik qilgan odam yomonligining jazosini to‘liq tortmaydi. Shuning uchun Alloh taolo oxiratda hammani qaytadan tiriltirib, hammaning qilganiga yarasha, zarracha qoldirmay jazo yoki mukofotini beradi.

O‘limdan keyin qayta tirilish bo‘lmasa, odamning umri juda ham qisqa bo‘ladi. O‘limdan keyin qayta tirilish esa insonni abadiylik dunyosiga kiritadi. O‘sha yerda mo‘min bandalar o‘zlarining haqiqiy mukofotlarini oladilar.

– Alloh taoloning mo‘min bandalariga beradigan mukofotlarini oxiratga qoldirishining birinchi hikmati:

«Chunki bu dunyo diyori ularga berishni iroda qilgan narsani sig‘dira olmaydi».

– Alloh taoloning mo‘min bandalariga beradigan mukofotlarini oxiratga qoldirishining ikkinchi hikmati:

«U Zot ularning qadrlarini bebaqo diyorda mukofotlashdan yuqori qildi».

Shuning uchun ham o‘limdan keyin qayta tirilish aqiydasi juda ham zarurdir.

Bu ulkan haqiqat haqida aqiyda kitoblarimizda quyidagilar ta’kidlanadi.

«Va qiyomat kuni ba’sga (qayta tirilishga), amallarning jazo va mukofoti berilishiga, arzga (qilingan amallarning ko‘rsatilishiga), hisob-kitobga, kitobni (nomai a’molni) o‘qishga, savobga va iqobga, sirot va mezonga (amal tarozisiga) iymon keltiramiz».

O‘limdan keyin bo‘ladigan quyidagi sakkiz ishning haqligini tasdiqlaymiz:

1. O‘limdan so‘ng ikkinchi bor hayotga kelish.

Alloh taolo marhamat qiladi:

«So‘ngra sizni o‘ldiradi va yana tiriltiradi, keyin sizlar Unga qaytarilasizlar» (Baqara surasi 28-oyat).

Balki inson unga jon qayerdan kelganini o‘ylashga ko‘p ham rag‘bat qilmas, lekin oyatda esga solinayotgan ishga – «so‘ngra sizni o‘ldiradi» tan bermaslikning iloji yo‘q. Dunyoning eng aqllisiman, degan kofir ham o‘lim oldida ilojsizdir. U abadiy yashab qolmasligini biladi, o‘limga bosh egadi. Xo‘sh, baribir bir kun kelib Alloh joningni olar ekan, qanday qilib U Zotni inkor etasan, qanday qilib Unga kufr keltirasan?!

So‘ngra Alloh yana insonni qayta tiriltiradi. Bu ish qiyomat kuni amalga oshiriladi. Kofirlar bu bosqichga ishonmay, tortishadilar. Lekin hujjat-dalillar ularning bu qaysarliklari ham behuda ekanini ko‘rsatadi. Jumladan, insonni yo‘qdan bor qilib, jon ato etgan Alloh uchun barchaning jonini yana o‘ziga qaytarish juda ham osondir.

Oyatning oxirida «…keyin sizlar Unga qaytarilasizlar», deyilmoqda.

2. Qiyomat kuni yaxshi ishlarning mukofoti, yomon ishlarning jazosi berilishi.

Alloh taolo marhamat qiladi:

«Ana o‘shalar qilgan amallari mukofotiga» (Ahqof surasi, 14-oyat).

Ushbu oyati karimadagi «qilgan amallari mukofotiga» degan jumlaga alohida e’tibor berish lozim. Qarang-a, «aytgan gaplari» yoki «niyatlari», deyilgani yo‘q, faqat «qilgan amallari», deb ta’kidlanmoqda.

Demak, quruq gapning Islomda e’tibori yo‘q, balki aytilgan gapni amal bilan tasdiqlash sodir bo‘lgandagina mukofotlarga sazovor bo‘linadi. Mukofot – jannatda mangu qolishdir.

3. Allohning huzurida arz bo‘lishi (qilingan amallarning ko‘rsatilishi).

Alloh taolo marhamat qiladi:

«O‘sha Kunda ko‘rikdan o‘tasizlar, birorta narsangiz maxfiy qolmaydi» (Haqqo surasi, 18-oyat).

Ya’ni har bir narsaning hisob-kitobi bo‘ladi. O‘sha Kunda odamlar ikki toifaga bo‘linadilar: yaxshilar va yomonlarga.

4. Bandalar amallarining hisob-kitobi.

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

«Albatta, men hisob-kitobimga yo‘liqishimga ishonardim» (Haqqo surasi, 20-oyat).

Ya’ni bandalar Robblari huzurida arz qilinib, hech bir maxfiy narsa qolmaydigan o‘sha qiyomat kuni kimning nomai a’mol kitobi o‘ng qo‘lidan berilsa, u juda ham baxtiyor bo‘ladi va sururga to‘lib:

«Mana, mening kitobimni o‘qib ko‘ringlar!» deydi.

Alloh taolo marhamat qiladi:

«Tezda, osongina hisob qilinur» (Inshiqoq surasi, 8-oyat).

Bu ishlar qiyomat kuni bo‘ladi. Mahsharda hamma to‘planganda odamlarga nomai a’mollari beriladi. Kimki bu dunyoda mo‘min-musulmon bo‘lib, toat-ibodatda, taqvodorlik bilan o‘tgan bo‘lsa, ularning nomai a’moli o‘ng tarafdan beriladi. Shuning o‘zi yaxshilik alomatidir. Ularning hisob-kitobi osongina, ko‘rsatib o‘tish yo‘li bilan bo‘lib, ular jannatdagi ahllari huzuriga xursand bo‘lib qaytadilar.

5. Har bir kishining nomai a’moli o‘qilishi.

Alloh taolo marhamat qiladi:

«Kitobingni o‘qi, bugungi kunda o‘zingga o‘zing hisobchilikka kifoya qilursan» (Isro surasi, 14-oyat).

Boshqa hisobchining keragi yo‘q. Hamma ishlaring shu kitobda yozilgan, o‘qib olsang bo‘ldi. O‘zing o‘zingga hisobchisan, guvohsan.

6. Yaxshi amallarga savob, yomon amallarga iqob berilishi.

Alloh taolo marhamat qiladi:

«Bas, kim zarra vaznicha yaxshilik qilsa ham ko‘radi. Va kim zarra vaznicha yomonlik qilsa ham ko‘radi» (Zalzala surasi, 7-8-oyatlar).

Ya’ni savobi va iqobini ko‘radi.

Yaxshilikning ham, yomonlikning ham katta-kichigi bo‘lmaydi. Hammasining hisob-kitobi bo‘ladi, qiyomatda javob berish kerak.

Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qiladilar: «So’so’a ibn Muoviya ismli odam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. U zot unga «Faman ya’mal misqola zarrotin xoyron yaroh va man ya’mal misqola zarrotin sharran yaroh»ni o‘qib bergan edilar, u: «Bundan boshqa narsani eshitmasam ham, menga shuning o‘zi yetarli», dedi».

Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Bir xurmoning yarmi yoki bir og‘iz shirin so‘z bilan bo‘lsa ham o‘zlaringizni do‘zaxdan saqlanglar», deganlar. Bu «yaxshilikning katt-kichigi bo‘lmaydi», deganlaridir.

Boshqa bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘zga ilinmaydigan gunohlardan saqlaninglar, chunki ular to‘planib, kishini halok qiladi», deganlar.

Har doim ko‘zga ko‘rinmas zarra miqdorida bo‘lsa ham yaxshilikni qilishga urinish, shuningdek, ko‘zga ko‘rinmas zarra miqdorida bo‘lsa ham yomonlikdan qochish lozim.

7. Sirotdan (jahannam ustiga qurilgan ko‘prikdan) o‘tish.

Alloh taolo marhamat qiladi:

«Sizdan unga yaqinlashuvchi bo‘lmagan hech kim yo‘q. Bu Robbing huzuridagi keskin hukmdir» (Maryam surasi 71-oyat).

«Jahannamga yaqinlashish»dan murod uning ustiga qurilgan sirot nomli ko‘prikdan o‘tishdir.

8. Yaxshi amallar bilan yomon amallar o‘rtasidagi farqni zohir qilish uchun amallarni tortish.

Alloh taolo marhamat qiladi:

«O‘sha kuni tortish haqdir» (A’rof surasi, 8-oyat).

Qiyomat kuni faqat savol-javob bilan kifoyalanib qolinmaydi. Balki undan ham daqiqroq ishlar bo‘ladi. Har bir insonning qilgan amallari taroziga solinib, tortiladi. Bu tarozi aniq ishlaydigan tarozi bo‘lib, zarraning og‘irligini ham sezadi. Ana o‘sha tortishda kimning amallari og‘ir kelsa, u najot topadi, jannatga kiradi.

Yomonlikdan boshqa amallari yo‘qlar haqida esa Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

«Qiyomat kuni ularga hech qanday vazn bermasmiz» (Kahf surasi, 105-oyat).

Ya’ni qiyomat kuni kofirlarning hech qanday qadr-qiymati bo‘lmaydi. Ularning bu dunyoda qilgan amallarining vazni ham bo‘lmaydi. Chunki Allohning nazdida hamma qadr-qiymat va amallarning vazni iymonga bog‘liq. Iymoni yo‘qning qadri ham yo‘q, qiymati ham yo‘q. Uning qilgan ishining vazni ham yo‘q.

– Bas – o‘lgandan keyin qayta tirilish va undan keyingi narsalarga umumiy dalil. Bilingki, o‘lgandan keyin qayta tirilish va jismoniy qaytishga Qur’on, Sunnat, aql va sog‘lom tabiat dalolat qiladi. Alloh taolo aziz Kitobida bu haqda xabar bergan, unga dalil keltirgan va Qur’onning ko‘pchilik suralarida bu narsalarni inkor qiluvchilarga raddiya keltirgan. Qur’onda xabar berilganidek, barcha payg‘ambar alayhissalomlar o‘limdan keyin qayta tirilishning haqligiga ittifoq qilganlar. Shuningdek, Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham oxiratni boshqa anbiyolarning kitoblarida bo‘lmagan shaklda batafsil bayon qilganlar. Alloh O‘z Kitobida qayta tirilish va uning voqe bo‘lishi haqligi hamda undan kelib chiqadigan narsalarga dalolat qiluvchi turli dalil-hujjatlarni zikr qilgan.

«Qur’on va sunnatdagi ilmiy mo‘’jizalar» kitobidan

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Peres “Real”dan ketadigan sakkiz futbolchini aniq ko‘rsatdi. Ro‘yxat yana kengayishi mumkin

Мадриднинг “Реал” клуби президенти Флорентино Перес жорий мавсум тугагач, жамоани тузилмавий янгилашни режалаштирмоқда.

Gvardiola: «Iltimos, uni maqtashni to‘xtating»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола Райан Шеркини Премьер-лиганинг мавсумдаги энг яхши футболчиси совринига номзод сифатида қараш керакми-йўқми, деган саволга жавоб берди.

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliya klubiga yo‘l olmoqda

Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси футболчилари Садриддин Хасанов ва Сайфиддин Содиқов Португалиянинг "Брага" клубига ўтиши мумкин.

Hakam: Husanovga qizil kartochka ko‘rsatish kerak edi!

Англия Премьер-лигасининг 33-турида “Манчестер Сити” футболчилари мусобақа пешқадами “Арсенал”ни 2:1 ҳисобида мағлубиятга учратиб, яна чемпионлик курашига қайтди.

Italiya OAVlari Makronning Jorja Meloni bilan uchrashuvdagi harakatlarini keskin tanqid qildi

Франция президенти Эммануэль Макрон ва Италия бош вазири Жоржа Мелонининг Париждаги учрашуви сиёсатчиларнинг ҳаддан ташқари яқин қучоқлашиши сабабли можарога айланди.

Tehron Eron kemasini qo‘lga olganidan keyin AQSh harbiy kemalariga hujum qildi

Бу ҳақда Tasnim ахборот агентлиги хабар бермоқда.

"Real" Chempionlar ligasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi

Мадриднинг "Реал" клуби Ёшлар ўртасидаги УЕФА Чемпионлар лигасида иккинчи бор ғолибликни қўлга киритди.

Maydagi "el-klasiko"ning boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

Испания Ла Лигаси 35-тури доирасида "Барселона" "Реал"ни ўз майдонида қабул қилади.

Abduqodir Husanov dunyodagi eng yaxshi yosh futbolchilar reytingiga kiritildi

Ўзбекистон терма жамоаси ва «Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов CIES версиясига кўра 23 ёшгача бўлган энг яхши футболчилар рўйхатига киритилди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Dahshat! Hokim ishi: pora ishimi yoki ssenariy?

У 60 минг АҚШ доллари миқдорида пора олишда ҳам айбланмоқда.

Ukrainaning yangi «syurprizi» haqida

Украина фронтда Россия армияси учун технологик «сюрприз» тайёрламоқда, муваффақиятли музокаралар эса фақатгина Украина Қуролли Кучларининг кучли позицияси шароитидагина мумкин бўлади.

«Manchester Siti»ga yangi yulduz keladi

«Челси» ярим ҳимоячиси Энцо Фернандес АПЛнинг бир клубини бошқасига алмаштириши мумкин.

Tehron Oq uyning rejalari chippakka chiqqanini ma’lum qildi

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили Эсмоил Бағаи SNNTV эфирида маълум қилди.

Sobiq hokim ustidan sud boshlanadi

Эслатиб ўтамиз, у 2025 йил 2 сентябр куни гумонланиб ҳибсга олинган.

Surxondaryodagi suv havzalaridan biri neftga o‘xshash modda bilan ifloslandi

Айтилишича, сел оқими нефть сақланган сунъий омборга зарар етказган бўлиши эҳтимолдан холи эмас.

Chirchiqda bezorilik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Маълум қилинишича, ДХХ ва ИИВ органлари томонидан уюшган жиноятчиликка қарши курашиш йўналишида тезкор-қидирув тадбири ўтказилган.

Isroil: Eron rahbariyatiga qarshi harakatlar uchun tayyorgarlik bor

Исроилнинг Исроил Кац баёнотига кўра, агар АҚШ томонидан рухсат берилса, Исроил Эрон раҳбариятига қарши кескин чоралар кўришга тайёр.

Fransiya va Polsha harbiy mashqlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Франция ва Польша Болтиқ денгизи ҳудудида қўшма ҳарбий машқлар ўтказиш имкониятини муҳокама қилмоқда.

Buxoroda 18 yoshli ayol 3 kunlik chaqalog‘ini $4 mingga sotmoqchi bo‘ldi

Хабарга кўра, 2008 йилда туғилган, Бухоро туманида яшовчи фуқаро ҳали уч кунлик бўлмаган қиз фарзандини ғаразли мақсадда сотишга уринган.

Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi prezidenti etib saylandi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 22 апрель куни Оролни қутқариш халқаро жамғармаси (ОҚХЖ) таъсисчи давлатлари раҳбарлари кенгашининг навбатдаги йиғилишида иштирок этди.

RES 2026: bioxilma-xillikni asrashga qaratilgan mintaqaviy deklarasiya imzolandi

Остона шаҳрида ўтказилаётган Минтақавий экологик саммит доирасида биоxилма-хилликни асраш соҳасида ҳамжиҳатлик ва қўшма ҳаракатларни кучайтиришга қаратилган Марказий Осиё ташаббусини ишга туширишга бағишланган “Минтақавий барқарорлик учун табиат билан уйғунлик” мавзусидаги юқори даражадаги сессия бўлиб ўтди. Ушбу тадбир минтақа давлатларининг табиатни муҳофаза қилиш идоралари, халқаро ташкилотлар ва ҳамкорларни бирлаштириб, Марказий Осиёнинг ноёб табиий меросини асраш бўйича келишилган ёндашувларни ишлаб чиқиш учун муҳим платформага айланди.

Telegram messenjeri orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarni aniqlash va fosh etish metodikasi

Ushbu maqolada axborot texnologiyalari rivojlangan davrda Telegram messenjeri orqali amalga oshirilayotgan narkotrafikning zamonaviy usullari va ularga qarshi kurashishning dolzarb masalalari tadqiq etiladi. Maqolaning asosiy maqsadi — kiberfazoda anonimlikni saqlashga urinayotgan jinoiy guruhlarni aniqlashda qo‘llaniladigan raqamli kriminalistika (Digital Forensics) va ochiq manbalardan razvedka qilish (OSINT) metodlarini tahlil qilishdan iborat. Shuningdek, maqolada "zakladka" tizimi, kriptovalyuta orqali hisob-kitoblar va sun’iy intellekt yordamida shubhali botlarni filtrlash imkoniyatlari batafsil yoritilgan.

Ostona sammiti: Shavkat Mirziyoyev qanday takliflarni ilgari surdi?

Қозоғистон пойтахти Остона шаҳрида Минтақавий экологик саммит — “RES 2026” ўз ишини бошлади (22–24 апрель). Ушбу форум давлатлар раҳбарлари, халқаро ташкилотлар, молиявий институтлар ва экспертлар ҳамжамиятини бирлаштириб, Марказий Осиёдаги экологик ҳамда иқлим муаммоларига ечим топиш учун энг йирик платформага айланди.

Lolaqizg‘aldoqni "peshonasidan o‘paman" deb payxon qilgan "qo‘shiqchi" opa jarimaga tortildi

Шунингдек, лолаларга шикаст етказган бошқа ҳуқуқбузарларга ҳам қатъий чоралар кўрилмоқда

Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan birga O‘zbekiston pavilyonini ko‘zdan kechirdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистонга амалий ташрифи дастури доирасида 22 апрель куни Марказий Осиё мамлакатлари, Мўғулистон, Озарбайжон, Грузия ва Арманистон делегациялари раҳбарлари билан биргаликда Остона шаҳридаги “EXPO” халқаро кўргазмалар марказида ташкил этилган Минтақавий экологик саммит кўргазмасидаги миллий павильонларни бориб кўрди.

“Mossad” xodimi Eronga qarshi operasiyalar vaqtida Isroil tashqarisida o‘ldirildi

Исроил ташқи разведка хизмати — Моссад раҳбари Давид Барнеа Эронга қарши операциялар давомида хизмат ходимларидан бири Исроилдан ташқарида ҳалок бўлганини маълум қилди.

Sudan urushi: ayollar va qizlar uchun dunyodagi eng og‘ir gumanitar inqiroz

БМТ маълумотларига кўра, 17 миллиондан ортиқ аёл ва қиз ҳозирда гуманитар ёрдамга муҳтож.

Tramp: Isroil meni Eron bilan urushga undamagan

АҚШ президенти Дональд Трамп Исроил уни Эронга қарши уруш бошлашга ҳеч қачон ундамаганини билдирди.

G‘azoda halok bo‘lganlar soni 72 mingdan oshdi

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги сўнгги маълумотларни эълон қилди.

Xalqaro e’tirof: O‘zbekiston BMTning muhim komissiyasiga saylandi

Нью-Йорк шаҳрида ЭКОСОС сессияси доирасида бўлиб ўтган сайловлар якунларига кўра, Ўзбекистон Республикаси 2027–2029 йиллар учун БМТнинг жиноятчиликнинг олдини олиш ва жиноий одил судлов бўйича комиссияси аъзолигига сайланди.

Homanaiy: Eron AQSh va Isroilga yangi zarba berishga tayyor

Эрон олий раҳбари оятуллоҳ Мужтабо Ҳоманаий мамлакат ҳарбий-денгиз кучлари АҚШ ва Исроилга қарши янги зарбалар беришга тайёрлигини билдирди.

Rasman: Kiyevdagi otishma gumondori Rossiyada tug‘ilgan

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.

Evroittifoq ehtimoliy aviayoqilg‘i taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Брюсселда ўтган брифингда Европа комиссияси вакили Анна-Кайса Итконен бу ҳолат ҳозирча реал муаммога айланмаганини, бироқ хавф тобора ортиб бораётганини таъкидлади.

Qashqadaryoda lolazorni payxon qilganlarga chora ko‘rildi

Ижтимоий тармоқларда Қашқадарё вилояти Кўкдала туманидаги лолазор ҳудудида транспорт воситаларида ҳаракатланилганлиги акс этган видео тарқалди.