Ukrainaning Odessa shahrida ikki qorbobo mushtlashdi

Ukrainaning Odessa shahrida ikki qorbobo mushtlashdi

Ukrainaning Odessa shahri markazida ikki qorbobo o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda Daryo xabar qildi.

Xabar berilishicha, kelishmovchilik qaddi-qomati kelishgan Timur ismli oliy qorbobo bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan qizcha sababli yuzaga kelgan. Ular ojiz Mustafo ismli ikkinchi qorbobodan suratga olishni so‘ragan.

Ta’kidlanishicha, oliy qorbobo qoidasiz jang bilan shug‘ullanadi. Qorbobolar dastlab janjallashgan, keyin esa mushtlashuv kelib chiqqan. Qorqiz mushtlashayotganlarni ajratishga uringan, holatga guvoh bo‘lgan bolalar esa yig‘lashni boshlagan.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!