Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiya iyun oyida Londonda bo‘lib o‘tadi

Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiya iyun oyida Londonda bo‘lib o‘tadi

Iyun oyida Londonda Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Tvitter’da.

«Jahon iqtisodiy forumida onlayn nutq so‘zlaganimda, Shveysariyaga Luganodagi tiklanish konferensiyasiga mezbonlik qilgani uchun minnatdorchilik bildirdim», — deb yozadi Ukraina bosh vaziri.

Shmigalning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Buyuk Britaniyaning bu yilgi anjumanga mezbonlik qilish qarorini qadrlaydi.

«Biz Ukrainani zudlik bilan tiklash uchun xalqaro yordamni safarbar qilishga intilamiz», — deb yozadi bosh vazir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!