Ukrainani noqonuniy tark etgan erkaklar qaytib kelganidan keyin jazolanadi

Ukrainani noqonuniy tark etgan erkaklar qaytib kelganidan keyin jazolanadi

Ukrainani noqonuniy tark etgan erkaklar qaytib kelganidan keyin jazolanadi

Bu haqda Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenko o‘z intervyusida ma’lum qildi.

Vazir Ukrainadagi urush paytida mamlakatni noqonuniy tark etgan erkaklarni jazolash bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanayotganini va bu parlament va hukumatning birgalikdagi tashabbusi bo‘lishini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha chegarani noqonuniy kesib o‘tib, Ukrainaga qaytganlar uchun jazo yo‘q: "Bugungi kunda bunday qoidalar va cheklovlar o‘rnatilmagan, ammo urush tugagandan so‘ng davlat har bir fuqaroga urush paytida qilgan ishlarini eslatish uchun hamma narsani qiladi, deb o‘ylayman. Men chegarani noqonuniy kesib o‘tganlarni nazarda tutyapman", — dedi Klimenko.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada harbiy holat e’lon qilinganidan beri 18-60 yoshdagi erkaklarning mamlakatni tark etishi taqiqlangan, biroq ayrim istisnolar mavjud va ayrim toifadagi fuqarolar Ukrainani tark etishlari mumkin.

Ular orasida imkoniyati cheklangan erkaklar, ko‘p bolali ota-onalar, haydovchilar, ko‘ngillilar, dengizchilar, sportchilar, madaniyat arboblari, xalq deputatlari, vazirlar bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!