Ukrainalik qochqinlar Polshada mehnat huquqlari buzilganiga qarshi norozilik bildirmoqda

Ukrainalik qochqinlar Polshada mehnat huquqlari buzilganiga qarshi norozilik bildirmoqda

Ular Polshaning Glivitsa shahridagi Rojdestvo bezaklari ishlab chiqaruvchi zavodda ish tashlash uyushtirishdi, deb yozadi “STRANA.ua” nashri. Zavod xodimining so‘zlariga ko‘ra, ish beruvchi ukrainaliklardan tushlik uchun tanaffus uchun pul yechib olishni boshlagan – kuniga 2 yevrodan sal kamroq.

Qochqinlar "kamsituvchi" yondashuvdan g‘azablangan, chunki polshalik ishchilarda bunday qoidalar yo‘q.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu zavoddagi ishchilarning sharoitlari va ish haqi bo‘yicha norozilik ilgari ham bo‘lgan va polshalik ish beruvchi, qoida tariqasida, norozi bo‘lganlarni darhol ishdan bo‘shatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!