Ukrainada harbiylarga maosh to‘lash uchun yetarli mablag‘ yo‘q

Ukrainada harbiylarga maosh to‘lash uchun yetarli mablag‘ yo‘q

Bu haqda moliya vaziri Marchenkoga asoslanib, The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Soliq tushumlari davlat xarajatlarining atigi 40 foizini qoplaydi. Shu bilan birga, faqat harbiy ehtiyojlar kamida 60% ni egallaydi, deb yozadi gazeta. Ukraina hukumatiga mamlakatning qolgan harajatlarini qoplash uchun oyiga taxminan 5 milliard dollar kerak, deb yozadi @rt_russian.

Ukraina Milliy banki tobora ko‘proq pul chop etishga majbur bo‘lmoqda, buning natijasida Grivna zaiflashadi va inflyasiya darajasi oshadi. Shu bilan birga, Ukraina rasmiylari «askarlarga maosh bermaslikdan ko‘ra, yuqori inflyasiyani xavf ostiga qo‘ygan ma’qul» deb hisoblaydi.

Avvalroq S&P va Fitch xalqaro reyting agentliklari Ukrainaning davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlarni 2024 yilgacha kechiktirish haqidagi kelishuvini defolt sifatida izohlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!