Ukrainada Bayden va Poroshenkoga qarshi jinoiy ish ochildi

Ukrainada Bayden va Poroshenkoga qarshi jinoiy ish ochildi

Ukrainada mamlakatning sobiq rahbari Petra Poroshenko hamda AQShning yangi Prezidenti Jo Baydenga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Poroshenkoning advokati Igor Golovanga tayanib, «5.ua» sayti xabar bermoqda.

«22 yanvar kuni, AQSh Davlat rahbarining inaugurasiyasidan ikki kun o‘tib, ikkita yangi jinoiy ish ro‘yxatga olindi, — deydi Golovan. — Ularda go‘yoki Poroshenko va Bayden Ukrainaning sobiq bosh prokurori Shokinning ishiga aralashganlikda ayblangan”.

U jinoiy ish qo‘zg‘atilishini Ukraina va AQSh o‘rtasidagi strategik hamkorlikni izdan chiqarishga urinish deb atagan.

O‘tgan yilning may oyida Ukraina Oliy Radasi deputati Andrey Derkach Poroshenko va Baydenning 2016 yildagi taxminiy audioyozuvlarini e’lon qilgan edi. Unda AQShning o‘sha paytdagi vise-prezidenti Ukranina rahbariga bosh prokuror Viktor Shokinni ishdan bo‘shatish uchun 1 milliard dollar va’da qilgani hamda oligarx Igor Kolomoyskiyni “orqadagi chipqon” deb atagani aks etadi.

Poroshenkoga nisbatan “davlatga xiyonat” moddasi asosida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. U audiyozuvni soxtakorlik deb atab, bu ishda Kremlning “qo‘li” borligini iddao qilgan. Poroshenkoning nomi ayni paytda bir qator jinoiy ishlarda, jumladan, jinoiy daromadlarning offshor hududlar orqali legallashtirish, pul yuvish, konstitusion tuzumni ag‘darish singari “ish”larda tilga olingan.

Fevral oyida Ukrainaning Davlat tergov byurosi Baydenning Shokinga bosim o‘tkazgan bo‘lishi mumkinligi ehtimoli bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!