Ukraina Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Ukraina Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Ukraina Vazirlar Mahkamasi Rossiyadan mamlakatga olib kirish taqiqlangan tovarlar ro‘yxatini kengaytirdi.

Bu safar ro‘yxatga o‘g‘it, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, transport, sement, fanera kiritildi. Bundan tashqari, Kiyev Rossiyadan olib kiriladigan mahsulotlarga maxsus bojlarni joriy etadi.

Bosh vazir o‘rinbosari Stepan Kubivning so‘zlariga ko‘ra, yangi bojlar 1 avgustdan amal qilishni boshlaydi.

Ukraina iqtisodiyot vazirligida ta’kidlanishicha, bu chora ko‘mir, koks, benzin, suyultirilgan gaz va farmasevtikadan tashqari barcha tovarlarga ta’sir qiladi.

Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muloqot Ukrainada davlat to‘ntarishi, Qrimni Rossiya tomonidan bosib olinishi va Donbassda qarama-qarshiliklar boshlangandan so‘ng yomonlashdi.

2015 yil yanvarda Ukraina Rossiyani agressor-mamlakat deb tan oldi. Dekabr oyida esa Ukraina Vazirlar Mahkamasi kelib chiqishi Rossiya bo‘lgan tovarlarni Ukraina bojxona hududiga olib kirishni taqiqlash to‘g‘risida qarorni qabul qildi. O‘sha vaqtda Kiyev 43 ta tovardan iborat ro‘yxatni tasdiqladi, keyinchalik uni 70 taga kengaytirdi.

2019 yil 10 aprelda yana bir qaror qabul qilinib, ro‘yxat sezilarli darajada to‘ldirildi.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!