Ukraina maxsus operasiya yakunlanmaguncha NATOga qo‘shila olmaydi

Ukraina maxsus operasiya yakunlanmaguncha NATOga qo‘shila olmaydi

Ayni damda Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi, eng yaxshi holatda, erishib bo‘lmaydigan ko‘rinadi, deydi ekspertlar.

"Alyans jamoaviy mudofaa tamoyiliga amal qilganligi sababli, harbiy harakatlarda ishtirok etayotgan mamlakatni o‘z safiga qabul qilishi dargumon", deb yozadi The New York Times sharhlovchilari Endryu Kramer va Den Bilefskiy.

Qayd etilishicha, prognozlarga ko‘ra, Ukrainaning alyansga kirishi oylar va hatto yillar davom etishi mumkin.

Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish istiqbolini izohlar ekan, AQSh rasmiylari alyansning “ochiq eshiklari” siyosatiga sodiqligini, biroq yangi a’zolarni qabul qilish qarorini hamma blok mamlakatlari qabul qilishi kerakligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!