Ukraina JCH-2030 mezbonligi uchun ariza topshirmoqchi

Ukraina JCH-2030 mezbonligi uchun ariza topshirmoqchi

Ukraina 2030 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun ariza topshirishni rejalashtirmoqda.

Bu Ispaniya va Portugaliya bilan qo‘shma taklif bo‘ladi.

"The Times" nashrining yozishicha, prezident Vladimir Zelenskiy va Pireney yarim oroli davlatlari rahbarlari allaqachon guruhlardan biridagi o‘yinlarni Ukraina hududida o‘tkazishni shaxsan muhokama qilishgan.

Taxminlarga ko‘ra, Ukraina 5 oktyabr kuni UEFA anjumani vaqtida o‘z niyatini rasman e’lon qiladi.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaning Ispaniya va Portugaliya tarkibiga qo‘shilishi ushbu arizaning g‘alaba qozonish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!