Ukraina Eron elchisini akkreditasiyadan mahrum qildi

Ukraina Eron elchisini akkreditasiyadan mahrum qildi

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Eron elchisini akkreditasiyadan mahrum qildi va elchixona xodimlari sonini sezilarli darajada qisqartirdi.

Rossiya qo‘shinlari Eronda ishlab chiqarilgan qurollardan foydalanganligi sababli shunday qarorga kelindi, deb xabar beradi “Ukrinform”

“23 sentyabr kuni Kiyevdagi Eron Respublikasi elchisi Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Rasmiy Tehronga Eron qurollarining Rossiya qo‘shinlari tomonidan Ukraina tinch aholisiga va Mudofaa kuchlariga qarshi foydalanish uchun Rossiyaga yetkazib berilishi Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligiga behurmatlik ekanligi aytildi.

“Ukrainaga qarshi urush olib borish uchun Rossiyaga qurol yetkazib berish Ukraina va Eron munosabatlariga jiddiy zarba beruvchi nodo‘stona harakatdir”, — deyiladi bayonotda.

Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, bunday nojo‘ya harakatga javoban Kiyev Eronning Ukrainadagi elchisini akkreditasiyadan mahrum etishga, shuningdek, Eronning Kiyevdagi elchixonasi diplomatik xodimlari sonini sezilarli darajada qisqartirishga qaror qilgan.

Ukraina janubida Rossiya qo‘shinlari Eronning Shahid-136 tipidagi kamikadze dronlari yordamida havo hujumlarini kuchaytirdi. Xususan, avvalroq bunday qurilmalardan foydalanish bilan Nikolayev viloyatining Ochakov shahri port infratuzilmasi yana bir bor zarba bergan edi.

Ikki uchuvchisiz samolyotdan biri Ukraina bo‘linmalari tomonidan urib tushirilgan, ikkinchisi port burg‘isiga urilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!