Ukraina AQSh va Yevropa Ittifoqidan moliyaviy va harbiy yordamdan mahrum bo‘lishi mumkin

Ukraina AQSh va Yevropa Ittifoqidan moliyaviy va harbiy yordamdan mahrum bo‘lishi mumkin

Ukraina AQSh va Yevropa Ittifoqining moliyaviy va harbiy yordamidan mahrum bo‘lishi mumkin, deb yozadi Financial Times.

“Kiyevni eng xavotirga solayotgani shundaki, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, bir paytlar partiyalararo keng konsensus masalasi bo‘lgan, Atlantika okeanining har ikki tomonida siyosiy savdo vositasiga aylangan”, — deyiladi nashr.

Qayd etilishicha, Kiyevning asosiy hamkorlarining moliyalashtirish masalasidagi qarori Ukraina uzoq muddatli va harbiy yordamga eng ko‘p muhtoj bo‘lgan bir paytda so‘roq ostida qolgan.

Maqola muallifining eslatishicha, AQSh Senati Oq uyning Ukrainani 60 milliard dollar miqdorida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishga urinishini rad etgan.Evropa komissiyasining Kiyev uchun 50 milliard yevro ajratishi ham so‘roq ostida edi.

Ukraina G‘arb uchun o‘ziga xos narsa bo‘lishni to‘xtatdi, deya xulosa qiladi kuzatuvchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!