Uhud tog‘i bilan bog‘liq ma’lumotlar

Uhud tog‘i bilan bog‘liq ma’lumotlar

Uhud tog‘i Madinaning shimoliy tarafida joylashgan muborak bir tog‘dir. Tog‘ning uzunligi 7 kilometr, kengligi 2-3 kilometr, balandligi esa 350 metrga yaqin. Tog‘ Madinai Munavvaradan taxminan 4-5 kilometr uzoqlikda joylashgan. Uhud tog‘ida bir necha g‘or va daralar mavjud bo‘lib, ba’zi g‘orlarning balandligi bir yarim metrni, uzunligi esa o‘n metrni tashkil etadi.

Ushbu tog‘ va uning atrofida ko‘plab tarixiy voqealar bo‘lib o‘tgan. Ana shulardan biri Uhud g‘azotidir. Bu g‘azot Badr g‘azotidan keyin, hijriy 3-yilda, musulmonlar bilan Quraysh qabilasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Ushbu jangda ming nafar musulmonlar uch ming sonli Quraysh qo‘shiniga qarshi kurashdilar.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘sha kuni kamonchilarga tepalikdan tushmaslikni, o‘sha yerda sobit turishni tayinladilar. Bu tepalik hozir Uhud tog‘i yonida joylashgan bo‘lib, “Jabalur rumot” (Kamonchilar tog‘i, tepaligi) deb ataladi. O‘sha yerda turgan kamonchilar jang tugadi, o‘ljalardan qolib ketmaylik degan o‘y bilan pastga tushadilar. Tepalikda kam sonli kishilar qolishadi. Bundan foydalangan Quraysh ittifoqchilari tepalikning orqa tarafidan o‘tib, musulmonlarga hamla qiladi. Oldinda Quraysh qo‘shini, ortda esa ularning ittifoqchilari musulmonlarni qurshab oladilar. Ana shunda mag‘lubiyat yuzaga keladi. Bu haqida Alloh taolo shunday deb marhamat qilgan:

أَوَلَمَّا أَصَابَتْكُم مُّصِيبَةٌ قَدْ أَصَبْتُم مِّثْلَيْهَا قُلْتُمْ أَنَّى هَـذَا قُلْ هُوَ مِنْ عِندِ أَنْفُسِكُمْ إِنَّ اللّهَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ

“Sen: “Sizga musibat yetgan paytda, holbuki o‘zingiz ham ikki baravarini yetkazgan edingiz, bu qayerdan, deysizmi?! Bu o‘zingizning huzuringizdan!” deb ayt. Albatta, Alloh hamma narsaga qodirdir”.(Ya’ni, o‘zingiz sustkashlik qildingiz, zaiflashdingiz, o‘zingiz Allohning shartini buzdingiz, o‘zingiz Payg‘ambarning amriga xilof qildingiz, endi kelib, “Bu qayerdan?” deysizmi?! Bilib qo‘ying, bu musibatni o‘zingiz o‘zingizga chaqirib oldingiz.) (Oli Imron surasi, 165-oyat).

Ha, ushbu mag‘lubiyat Nabiy sollallohu alayhi vasallamning amrlariga xilof qilgan kamonchilar sababidan bo‘lgan edi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam yuqorida zikr qilingan Uhud tog‘idagi daralardan birida dushmandan himoyalanib, yashiringan ekanlar. Ko‘plab sahobalar mag‘lubiyatdan sarosimaga tushib, qochib ketadilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning atroflarida sanoqli sahobalar u zotni pana qilib, o‘z tanalari bilan ul zotni himoya qilib turishgan. Shu yerda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuga “Ot, ey Sa’d, ot, ota-onam senga fido bo‘lsin!” degan ekanlar.

Bu g‘azotda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning muborak boshlari yorildi, tishlari sindi, yuzlariga sovutning halqasi sanchilib, oy yuzlaridan qon oqib tushdi. Shuningdek, Uhud g‘azotida yetmishta sahobalar shahid bo‘lishdi. Ularning sayyidi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sevikli amakilari Hamza roziyallohu anhu edilar.

Jangdan so‘ng Nabiy sollallohu alayhi vasallam sahobalarga shahidlarni dafn qilishni amr etdilar. Ular o‘sha maydonga dafn etildilar. Oradan 14 asr o‘tib, shu kunimizgacha ushbu maqbara Uhud tog‘i etagida mavjuddir. Haj va Umraga borgan hojilarimiz barcha muborak makonlar qatorida Uhud tog‘ini va yetmishta shahid sahobalarni o‘z bag‘riga olgan “Shahidlar maqbarasi”ni ham ziyorat qilib, Qur’on o‘qib, duoi fotiha qiladilar.

Uhud tog‘i yaqinida “Fash” yoki “Uhud” deb nomlangan masjid bo‘lib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Uhud g‘azoti kuni o‘sha masjidda namoz o‘qigan ekanlar.

Ushbu jangda Ummu Amora Nasiyba bint Ka’b, Abu Dujona, Hanzala, Talha ibn Ubaydulloh, Hamza ibn Abdulmuttalib, Mus’ab ibn Umayr, Abdulloh ibn Jahsh, Amr ibn Jamuh kabi sahobalar o‘zlarining fidokorliklarini ko‘rsatdilar.

Uhud tog‘ining fazilatlari

حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ ، حَدَّثَنَا يَحْيَى ، عَنْ سَعِيدٍ ، عَنْ قَتَادَةَ ، أَنَّ أَنَسَ بْنَ مَالِكٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ ، حَدَّثَهُمْ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَعِدَ أُحُدًا ، وَأَبُو بَكْرٍ ، وَعُمَرُ ، وَعُثْمَانُ فَرَجَفَ بِهِمْ ، فَقَالَ : اثْبُتْ أُحُدُ فَإِنَّمَا عَلَيْكَ نَبِيٌّ ، وَصِدِّيقٌ ، وَشَهِيدَانِ

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam Uhud (tog‘i)ga ko‘tarildilar. U zot bilan birga Abu Bakr, Umar va Usmon bor edi. Tog‘ ularni titratdi. Shunda u zot oyoqlari bilan bir urib, “Sobit tur, ey Uhud! Sening ustingda Nabiy, Siddiq va ikki shahid turibdi” dedilar”. Imom Buxoriy rivoyati.

Alloh taolo toqqa sezish, yaxshi ko‘rish xususiyatini ato qilgan. Uhud tog‘i o‘zining ustiga chiqqan zotlarning kimlar ekanini yaxshi bilardi. Shuning uchun sevinchdan, haybatdan titrab ketdi.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilingan yana bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Bu Uhud tog‘idir. U bizni yaxshi ko‘radi va biz ham uni yaxshi ko‘ramiz” deganlar.

Uhud tog‘i o‘xshatilgan o‘rinlar

Zirr ibn Hubaysh rivoyat qilishicha, Ibn Mas’ud arok (daraxti)dan misvok olar edi. Uning boldiri shunchalik ingichkaligidan shamol uchirib yuborgudek bo‘lardi. Qavm uning ustidan kuldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Nimadan kulyapsizlar?!” dedilar. Ular: “Ey Allohning Payg‘ambari, uning boldirlari ingichkaligidan kulyapmiz”, deyishdi. Shunda u zot: “Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, albatta, uning ikki (boldiri) Mezonda Uhud (tog‘i)dan ham og‘irroqdir!” dedilar (Ahmad “Musnad”da, Ibn Hibbon “Sahih”da, Tabaroniy “Kabiyr”da, Abu Ya’lo va Tayolisiylar o‘z “Musnad”larida rivoyat qilishgan).

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning jussasi juda kichkina bo‘lgan. Hatto arokdek kichkina va odamni ko‘tara olmaydigan daraxtlarga ham bemalol chiqib ketavergan. Bu haqida Abdullohning o‘zi shunday rivoyat qiladi: “Misvok olish uchun arok daraxtiga chiqdim. Shunchalik yengil ekanimdan birodarlarim hayron bo‘lishdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Nega ajablanyapsizlar? Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, albatta, u qiyomat kunida Uhuddan ham og‘irroq bo‘ladi!”dedilar” (Tabaroniy “Kabiyr”da rivoyat qilgan).

Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini rivoyat qiladi: “Do‘zaxdagi kofirning oziq tishi Uhud tog‘ichalik katta, terisining qalinligi esa uch kunlik yo‘l qadar bo‘ladi” (Muslim: 17/186, Termiziy: 4/104 rivoyati).

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom hadisi shariflaridan birida: «Sahobalarimni so‘kmanglar, mening nafsim qo‘lida bo‘lgan Zot bilan qasamki, agar birortangiz Uhud tog‘idek oltin nafaqa qilsangiz ham, ularning bittasining bir muddiga (og‘irlik o‘lchovi) to‘g‘ri kelmaydi», –deganlar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday deganliklari sobit bo‘lgan: “Kimda-kim musulmon kishining janozasiga iymon va ajr umidida ergashsa va to unga namoz o‘qilib, dafn qilinishdan forig‘ bo‘lguncha birga bo‘lsa, batahqiq, ikki qiyrot ajr bilan qaytadi. Har bir qiyrot Uhud (tog‘i) mislichalikdir. Kimda-kim unga namoz o‘qisa so‘ng dafn qilinishdan oldin qaytib kelsa, batahqiq, bir qiyrot bilan qaytadi”. (Buxoriy (47), Muslim (945)

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Kim janozaga namoz o‘qilguncha hozir bo‘lsa, unga bir qiyrot savob, kim dafn qilinguncha hozir bo‘lsa, unga ikki qiyrot savob», dedilar.

«Ikki qiyrot nimadir?» deyildi.

«Ikki ulkan toqqa o‘xshash narsa», dedilar».

Beshovlari rivoyat qilganlar.

Boshqa bir rivoyatda:

«Ikkovlaridan kichigi Uhudga o‘xshash», deyilgan.

Alloh taolo barchamizni Haj, Umra ibodatlariga qayta-qayta musharraf etsin!

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Putinga Ukrainadan "qo‘ng‘iroq qilishdi"

Россия президенти Владимир Путинга Украинадан одамлар "яширин тарзда" қўнғироқ қилган.

Ukraina bir zarba bilan Rossiyaning qo‘mondonlik punktini yo‘q qildi

Россия армиясига қаттиқ зарба – қўмондонлик йиғилиш вақтида йўқ қилиб юборилди.

Ikkilanmay zarba beramiz: AQSh Rossiyaga ochiq tahdid qildi!

Москвага огоҳлантириш. Россия учун оғир кунлар яқинми?

Xitoyda 125 million yillik chayon topildi! Ilmiy sensasiya!

Хитойда 125 миллион йиллик чаён тошқотмаси топилди.

Rossiya AQShga rad javobini berdi: Urush tugamaydi!

Россия АҚШ таклифини қабул қилмади. Украина бўйича келишув имконияти қолмадими?

Abduqodir Husanovning narxi rekord darajada ko‘tarildi

Жаҳонга машҳур Transfermarkt интернет-портали Англия Премьер-лигасида ҳаракат қилаётган футболчиларнинг трансфер нархларини янгилади.

Favqulodda Xabar! Ukraina Qo‘shinlari Sudjani tark etdi

Украина қўшинлари Суджадан чекинди – бу нимани англатади?

Nursulton Ro‘ziboyev: "Mashrabjonning ahvolini ko‘rib, UFC tugul, umuman boshqa jang qilishini xohlamadim"

Ўзбекистонлик UFC жангчиси Нурсултон Рўзибоев укаси Машрабжоннинг Жаред Гордонга қарши бекор бўлган жанги ҳақида гапирди.

Ukrainaning yangi daxshatli quroli ko‘rsatildi: Rossiyaga yangi "Neptun" bilan zarba berildi

Украинада 1000 километр узоқликка учувчи янги "Узун Нептун" қанотли ракетаси мавжуд ва у аллақачон уни Россияга қарши қўллади.

"Real"ga gol urgan o‘zbekistonlik futbolchi Eron klubiga o‘tishga yaqin!

Ўтган мавсумни Қозоғистоннинг "Ордабаси" жамоасида ўтказган Жасурбек Яхшибоев Эрон чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин.

Suv ostida ko‘rilgan eng ulkan tirik mavjudot: U 34 metr uzunlikda va Napoleon davridan beri yashab kelmoqda

Океаннинг ўзидан пайдо бўлган маржон рифлари ернинг хазинаси ҳисобланади, чунки улар кўплаб денгиз жонзотларига бошпана беради ва...

Rossiyaliklar rekord sur’atda o‘lmoqda

2024-йил якунларига кўра, Россияда табиий йўқотиш – яъни вафот этганлар ва туғилганлар сони орасидаги фарқ 596,2 минг кишини ташкил этди.

Qurbon hayiti kuni qo‘y so‘yishni to‘xtatishga chaqirdi

Бу йил ёғингарчилик 30 йиллик ўртача кўрсаткичдан 53 фоизга кам бўлиб, натижада чорва учун яйлов етишмайди.

Ruslar Putinga qarshi chiqdi

"Россия Путинга қарши" юриши бошланди.

Rossiya qurilish maydonlarida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston muhojirlarini o‘rnini egallaydigan millat paydo bo‘ldi

Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.

Bugun Rossiyadagi eng katta iftorlik o‘tkaziladi

Бугун, 19 март куни Қозон шаҳрида Россиядаги энг катта Рамазон ифторлиги ўтказилади. Бу ҳақда Татаристон мусулмонлари диний бошқармаси раиси, муфтий Камил Самигуллин РИА Новостига маълум қилди.

Rubl qulamoqda! Putin va Tramp suhbatidan so‘ng bozorlar larzaga keldi

Рубль йўналишини ўзгартириб, яна тушишни бошлади...

Putin Ukraina qo‘shinlarini tor-mor etish yakunlanayotganini e’lon qildi

Путиндан муҳим баёнот! Россия операцияни якунламоқда.

Zelenskiy Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi suhbatga munosabat bildirdi

Путиннинг Украинага ёрдам бермаслик талаблари бизни кучсизлантиришга қаратилган

Ular bir-birini topdi

Трампнинг махфий суҳбатлари фош бўлди.

Telegramning faol foydalanuvchilari soni 1 milliarddan oshdi

Дуров ёзма баёнотида Telegramдан фойдаланиш ҳақида маълумот берди.

Isroil armiyasi Suriyadagi Rossiyaning sobiq kuzatuv punktini buzib tashladi

Бу ҳақда “Милитарй Обсервер” Телеграм- каналида айтилган .

G‘azodagi BMT mehmonxonasiga qilingan hujumda bir kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralandi

Америка бюроси Репорт хабарига кўра , бу ҳақда БМТ раҳбарининг расмий вакили ўринбосари Фархон Ҳақ матбуот анжуманида маълум қилди.

Tramp Eronga yangi yadroviy bitim tuzish uchun ikki oy vaqt beradi

Бу ҳақда Ахиос портали манбаларга таяниб хабар берди.

Argentinada hukumatga qarshi yangi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

“Репорт” нинг “ТАСС”ГА таяниб хабар беришича, ҳозирда майдонда 1000 га яқин одам бор, бироқ турли сиёсий ва ижтимоий ҳаракатлар байроқлари остида намойишчилар колонналари Конгресс томон юришда давом этмоқда.

O‘zbekistonga xorijliklar qanday maqsadda kelmoqda?

Статистика қўмитасига кўра, январда Ўзбекистонга 678 минг хорижий фуқаро ташриф буюрган, бу ўтган йилнинг шу даврига нисбатан 30 % кўп.

Kreml Putin va Tramp muzokaralari tafsilotlarini oshkor qildi

Россия Президенти матбуот котиби Дмитрий Песков Россия етакчиси Владимир Путин ва унинг америкалик ҳамкасби Дональд Трамп ўртасидаги музокаралар ҳақида гапирди.

Netanyahu G‘azoga hujum davom etishini ma’lum qildi

Исроил бош вазири телевидение орқали чиқиш қилиб, Исроил ҳарбийлари ҲАМАСга “қудратли куч” билан зарба беришини маълум қилган.

Erga kuchli va uzoq davom etuvchi magnit bo‘roni yaqinlashmoqda

У 24-март кечасига яқин бошланиб, 28-мартда тугайди. Об-ҳавога таъсирчан инсонлар кучли бош оғриғи, кўнгил айниши ва чарчоқни ҳис қилишлари мумкин.

Yil boshidan buyon qancha egizak tug‘ilgani aytildi

2025 йилнинг январ-феврал ойларида ФҲДЁ органларида республика бўйича жами 135 914 та тирик туғилиш ҳолатлари қайд этилган.

Rossiya uchirgan urush droni Qozog‘istonga yetib keldi

Россия томонидан Украинага учирилган "Шаҳед" дронларидан бири Қозоғистонга қулади.

Putinning buyrug‘i: Rossiya o‘z dronlarini o‘zi urib tushirdi

Ғалати ҳолат. Россия ўз дронларини нега уриб туширди?

Qon to‘kishdan zavqlanadigan shaxs yana vazir etib tayinlandi

Бен-Гвир январь ойида ўт очишни тўхтатиш келишувига норозилик билдирган ҳолда Исроил ҳукуматидан истеъфога чиқди ва Ғазо секторида жанглар қайта бошланганидагина Нетаняху коалициясига қайтишини кўриб чиқишини айтган эди.

🔥 Kurskda Rossiyaga g‘alaba keltirgan "dron inqilobi" – yangi taktika qanday ish berdi?

Дронлар уруш қоидаларини ўзгартиряпти. Янги дрон тактикаси Россиянинг Курскдаги ғалабасини таъминлади.

Tramp Putin bilan suhbatdan so‘ng unga ta’rif berdi

Tramp Путин билан суҳбати ҳақида гапирди.

Zelenskiy va Tramp suhbati bir soat davom etdi

Улар нималар ҳақида суҳбатлашди?

🔴 Qonxo‘rlik: G‘azoda yahudiylar urushni qaytadan boshladi. Allaqachon 183 bolaning qoni to‘kildi

Исроилнинг янги ҳужумлари – Ғазо яна аланга ичида!

Ukraina zarba berilmasligi kerak bo‘lgan ob’ektlar ro‘yxatini taklif etmoqda

Путин ваъда берди, аммо ҳужумлар давом этяпти – Зеленскийдан жавоб!

AQSh Zelenskiyning o‘rniga kimni olib kelmoqchi? Bu borada yashirin harakat allaqachon boshlandi

Зеленскийнинг келажаги хавф остида. Зеленскийга муқобил номзод ким бўлиши мумкин?

Turkiyada norozilik namoyishlari boshlandi

Ҳуқуқ-тартибот ходимлари уларни тарқатишда кескин чораларни қўлламоқда.