Jahon chempionati uchinchi saralash bosqichi muhim o‘yinlari oldidan O‘FA prezidenti Bahodir Qurbonov milliy terma jamoa bilan uchrashib omad tiladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatining uchinchi saralash bosqichi doirasida 20 mart kuni Qirg‘iz Respublikasi, 25 mart kuni Eron bilan o‘ynaydi. Kecha O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti Bahodir Qurbonov mas’uliyatli o‘yinlar oldidan milliy terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi va ushbu bosqich ahamiyati, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lmish Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritish orqali muxlislarni xursand qilish muhimligi haqida to‘xtaldi. Bosh murabbiy Timur Kapadzening rejalari tinglandi.
Futbolimiz rahbari shuningdek, futbolchilar bilan suhbatda ijobiy natijalarga erishish uchun O‘FA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishini ma’lum qildi. O‘z o‘rnida jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Tibbiy shtab va jamoaga aloqador barcha mutaxassislarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bahodir Nizomovich bo‘lajak uchrashuvlarda jamoamizga omad tiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Украина Қуролли Кучлари 70 дан ортиқ ҳарбий хизматчи, 3 та танк, 2 та БМП, 11 та зирҳли жанговар машина, 3 та муҳандислик машинаси, 7 та енгил автомобиль вa тўртта артиллерия қуролини йўқотди
Бокс Лос-Анжелес-2028 ёзги Олимпия ўйинлари дастуридан ўрин оладиган бўлди. Бу ҳақида Грецияда ўтаётган Халқаро Олимпия қўмитасининг (ХОҚ) 144-Сессиясида расман эълон қилинди.
18-март куни кечқурун Лиговск проспектидаги "Галерея" савдо мажмуаси ёнида бир гуруҳ ёшлар орасида тўппончага ўхшаш буюм билан рақсга тушган 19 ёшли Ўзбекистон фуқароси полиция томонидан ушланди.