Evropa Putinning istagiga bo‘ysunmoqchi emas: Bryussel Kiyevni himoya qilishga qat’iy bel bog‘ladi

Evropa Ittifoqi Rossiya buni o‘t ochishni to‘xtatish sharti deb hisoblayotgan bo‘lsa-da, Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Reuters agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Biz yordam dasturi ustida ishlashni davom ettiryapmiz," - deya ta’kidladi Kallas Yevropa Ittifoqining Kiyevni 40 milliard yevro bilan qo‘llab-quvvatlash rejasini sharhlayotib. Uning fikricha, Ukraina o‘zini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
19 mart kuni Kallas Bryusselda Yevropa Ittifoqining Mudofaa bo‘yicha Oq kitobini taqdim etadi. Bu Yevrokomissiyaning Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotini harbiylashtirish, harbiy salohiyatni oshirish va Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni kuchaytirish maqsadidagi rejasi hisoblanadi.
Bundan oldin Kreml Vladimir Putin va Donald Tramp 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish, vaziyatni keskinlashtirmaslik choralari va bir qator xalqaro masalalarni muhokama qilganini ma’lum qilgandi. Rossiya rahbari AQShning energetika infratuzilmasiga zarba berishdan o‘zaro voz kechish taklifini qabul qildi.