Ertaga, 20 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 20 mart kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 25-27 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
20-25 mart kunlari respublikamizning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.