O‘gay onasini o‘ldirib, yoqib yuborganlikda ayblangan erkak qo‘lga olindi

O‘gay onasini o‘ldirib, yoqib yuborganlikda ayblangan erkak qo‘lga olindi

Rossiyada tergovchilar o‘zining keksa o‘gay onasini o‘ldirishda va yoqib yuborishda ayblangan kubanlik fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

“42 yoshli mahalliy fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U 72 yoshli o‘gay onani o‘ldirishda gumon qilinmoqda", — deyiladi xabarda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, payshanbaga o‘tar kechasi sudlanuvchi Kubanning Voronejskaya qishlog‘idagi o‘gay onasining uyiga kelgan. Sudlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, ular janjallashgan. Erkak o‘gay onasini bo‘g‘ib o‘ldirgan, so‘ng uning uyiga o‘t qo‘yib, chiqib ketgan. Marhumning qo‘shnilari yong‘inni ko‘rib, o‘t o‘chirish bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilgan. Yong‘inni aniqlashdan so‘ng uyda ayolning jasadi topilgan.

Hozirda gumonlanuvchi hibsda. Unga nisbatan sud-psixologik-psixiatriya ekspertizasi o‘tkaziladi. Jinoyat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!