Uganda aholisi mamlakatdagi korrupsiyaga qarshi namoyishga chiqidi — The Guardian

Uganda aholisi mamlakatdagi korrupsiyaga qarshi namoyishga chiqidi — The Guardian

Gazetaning yozishicha, hukumat noroziliklarni bostirish uchun armiyani safarbar qilgan.

Namoyishchilar poytaxt Kampaladagi parlament binosi tomon yurishga uringan, biroq xavfsizlik kuchlari ularning yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Ko‘plab odamlar hibsga olingan. Bundan tashqari, dushanba oqshomida mamlakatdagi eng yirik muxolifat partiyasi - “Milliy birlik platformasi”ning bir necha deputatlari hibsga olindi.

Ugandani qariyb 40 yildan beri boshqarib kelayotgan prezident Yoveri Museveni namoyishchilarga "ular olov bilan o‘ynayapti", deya tahdid qilgan.

"Rasmiylar namoyishchilarning mamlakat tinchligi va xavfsizligiga tahdid solishiga yo‘l qo‘ymasligini", — deya ma’lum qildi Uganda polisiyasi vakili.

So‘nggi yillarda Uganda ko‘plab korrupsiya mojarolariga duch kelmoqda. Transparency International tashkilotining korrupsiyani indeksida mamlakat 142-o‘rinni egallagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!