Ufq yana tiniqlashdi: toza havo qaytdi, tabiat bizdan minnatdor
So‘nggi kunlarda Toshkent shahri havosi sezilarli toza bo‘ldi. Ko‘pdan beri chang va tutun g‘ubori ortiga yashiringan tog‘lar yana bo‘y ko‘rsata boshladi. Nafas olishdagi yengillik, osmondagi yulduzlarning tiniqligi musaffo muhit yana qaytganini aks ettirmoqda.
Bu tabiatning shunchaki «in’omi» emas, balki ekologik barqarorlik yo‘lida tashlangan qat’iy va tezkor qadamlarning amaliy natijasidir.
So‘nggi vaqtlarda:
✅”Maxsus komissiya”ning tizimli va natijali ish olib bordi;
✅ Sanoat korxonalari ustidan o‘rnatilgan qat’iy nazorat;
✅ Ekologik reydlarning izchilligi;
✅ Jamoatchilik nazoratining kuchayishi va «yashil» tashabbuslarning qo‘llab-quvvatlanishi o‘z mevasini bermoqda.
Bugungi tiniq osmon — agar iroda va mas’uliyat bo‘lsa, ekologik muammolarni hal qilish mumkinligining isbotidir. Tabiat o‘ziga bo‘lgan e’tiborni hech qachon javobsiz qoldirmaydi: biz uni asrasak, u bizga sog‘lom hayot va musaffolik hadya etadi.
Toza havo — umumiy yutug‘imiz va umumiy mas’uliyatimizdir.
