UYEFA "Yuventus"ni yevrokuboklardan chetlatishi mumkin

UYEFA "Yuventus"ni yevrokuboklardan chetlatishi mumkin

UYEFA kelajakda "Yuventus"ni yevrokuboklardan chetlatishi ehtimoli katta.

Bir necha kun avval A Seriyada "Yuventsu"dan 15 ochko olib tashlandi. Bunga sabab klubdagi moliyaviy firibgarliklardir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, UYEFA futbolchilarga maosh to‘lashdagi firibgarliklar uchun "Yuventsu"ni yevrokuboklardan chetlatishi mumkin ekan. Biroq bu qoidabuzarliklar isbotlanishi zarur. UYEFA jamoadagi moliyaviy vaziyatni ko‘rib chiqishga kirishgan.

2021 yilda "Yuventus" moliyviy feyr-pleyga amal qilmagani uchun 3,5 mln. yevro jarima to‘lagan edi. Agar "Yuve" yaqin uch yillikda boshqa moliyaviy qoidabuzarliklar qayd etgan bo‘lsa jarima 23 mln. yevrogacha yetadi.

"Yuventus" yevrokuboklarga yo‘llanma olsagina ushbu "ban" kuchga kiradi. Agar "Yuve" A Seriyada TOP-7ga kira olmasa, ushbu jazo "keksa sinyora" yevrokubokda ishtirok etishga "chipta" olgandagina amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!