U20 JCH. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Isroilga qarshi o‘ynaydi

U20 JCH. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Isroilga qarshi o‘ynaydi

Argentinada bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bugun pley-off bosqichi o‘yinlari boshlanadi. O‘zbekistonlik yoshlar nimchorak final bosqichi doirasida Isroilga qarshi bahs olib borishadi.

Terma jamoamiz "A" guruhida 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Isroil "C" guruhida vakillarimiz kabi 4 ochko bilan 2-pog‘onani band etishgan. Isroilning bu yoshdagi terma jamoamiz mamlakat tarixida ilk marta Mundialda ishtirok etmoqda. Bu jamoa o‘tgan o‘tkazilgan U19 Yevropa chempionatida finaligacha yetib borib, unda Angliyaga yutqazgan (qo‘shimcha bo‘limlarda).

Isroil JCh guruh bosqichida 4 gol urib, 4 gol o‘tkazib yubordi. O‘zbekistonning bu boradagi ko‘rsatkichi 5-4 bo‘ldi.

O‘yin Toshkent vaqti bilan 02:00da boshlanadi. Bahs Mendoza shahridagi "Estadio Malvinas Argentinas" stadionida bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!