Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘limi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmadi. Bu haqda Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayev Facebook‘dagi akkauntida post qoldirgan.
Uning aytishicha, oldinroq olingan ma’lumotlar o‘sha manbaning o‘zi tomonidan inkor etilgan.
«Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘limi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmaganidan juda mamnunman. Prezidentning qarindoshlari va yaqinlari, shuningdek, Turkmanistonning barcha fuqarolaridan uzr so‘rayman», — deb yozgan Rubayev.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqida «Govorit Moskva» Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayevga tayanib xabar bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston prezidentining o‘limi haqida Ashxobodda ishlaydigan biznesmenlar ma’lum qilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Капитолий тепалигидаги Олий суд бино олдида Трампга қарши намойишчилар тўпланган, зал ичида эса хавфсизлик чоралари одатдагидан сезиларли даражада кучайтирилган.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.