Tuxum iste’moli yurak xastaligidan himoya qilishi mumkinligi aytildi

Tuxum iste’moli yurak xastaligidan himoya qilishi mumkinligi aytildi

Yangi olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, taomingiz tarkibida ma’lum miqdorda tuxum bo‘lishi yurak-qon tomirlari xastaliklarining oldini olar ekan.

Yurak-qon tomirlari xastaliklariga yurak yoki qon tomirlariga zarar keltiruvchi har qanday holat, jumladan, ishemik, infark va insult kabi xastaliklar kiradi. Mazkur xastalikni tanada xolesterin miqdori o‘ta yuqoriligi tasdiqlaydi. Bu degani, yurakning sog‘lomligi uchun xolesterinni nazorat qilish, uning ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Bu borada tuxum iste’moli foydali hisoblanadi, deyiladi Nutrients jurnalida e’lon qilingan ilmiy maqorlada.

Xabarda olimlar Gresiyada o‘n yillik davr ichida 3 ming 42 nafar ayol va erkakdagi ma’lumotlarni tahlil qilgani aytiladi. Tadqiqotchilarning xulosalariga ko‘ra, haftasida bittadan uchtagacha tuxum iste’mol qilish yurakning kasalliklarga chalinishini kamaytira oladi.

«Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, shuncha tuxum iste’mol qilganlarning yurak-qon tomirlari xastaligiga chalinish ehtimoli 60 foizga past bo‘lgan», - deyiladi maqolada.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, sog‘lom ovqatlanishda shubhasiz, eng foydali tuxum hisoblanadi.

Yog‘li ovqatlarni iste’mol qilmaydigan va tana og‘irligida muammosi bo‘lmagan odamlar hohlasa haftasida yetti dona tuxum yesa ham bo‘ladi, deb hisoblamoqda tadqiqotchilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!