Turkmanistonda Ashxobod kuni munosabati bilan ko‘rgazma tashkil etildi

A A A
Turkmanistonda Ashxobod kuni munosabati bilan ko‘rgazma tashkil etildi

Shahar kuni munosabati bilan Turkmaniston poytaxtida “Oq shahar Ashxobod” universal xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Turkmaniston Savdo-sanoat palatasida o‘tkazilgan ko‘rgazmada 140 nafar turkmanistonlik va xorijiy kompaniya va muassasalar ishtirok etdi.

Ko‘rgazmadan ko‘zlangan maqsad Turkmanistonning shaharsozlik siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari yutuqlari, shuningdek, poytaxtning iqtisodiy va madaniy salohiyatini namoyish etishdan iborat.

Ko‘rgazma stendlarida qurilish va arxitektura, energetika, qayta ishlash sanoati, shahar tuzilmalarini modernizasiya qilish, madaniyat, turizm va sportni rivojlantirish kabi jabhalar rivojida erishilgan yutuqlar namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazmaga hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar, mamlakatimizdagi diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar vakillari, ko‘plab mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari tashrif buyurishdi.

2013-yil may oyida Ashxobod Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi oq marmar binolar eng ko‘p jamlangan shahar sifatida kiritilgan. O‘shandan beri 25 may kuni Turkmanistonda “Shahar kuni” nishonlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!