Turkiyadagi vayronalar orasidan chiqqan onaxon

Turkiyadagi vayronalar orasidan chiqqan onaxon

Ma’lumki, joriy yilning 24 yanvar kuni Turkiyada kuchli zilzila sodir bo‘lgan edi. Ushbu zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni biz mo‘min musulmonlarni qayg‘uga solsa, shunday og‘ir vaziyatda ba’zi muslima onaxonlarimiz tomonidan Alloh taoloning buyruqlarini matonat bilan bajarishlari ko‘z yoshlarimizga sabab bo‘ldi.

Azob-uqubatlar bizning iymonimiz va axloqimiz sinovidir. Bugungi kunimizda bunday imtihonlar haqida tez unutib qo‘yamiz yoki kamtarlik qilish o‘rniga, Alloh taoloning g‘azabiga duchor bo‘lamiz.

Aziz o‘quvchi, siz bilan zilzila oqibatida sodir bo‘lgan ibratli bir voqeani baham ko‘rmoqchimiz. Voqea qisqa bo‘lsada Allohga bo‘lgan chinakam ishonch, go‘zallik va samimiylikni his qilishingiz mumkin.

Bu — turkiyalik muslima onaxon barcha musulmonlarga o‘rnakdir. Eng og‘ir sharoitda ham Alloh taoloning amrini unutmagan va juda ko‘p baxtsizliklarni boshdan kechirgan mo‘mina ayoldir. U Robbisining roziligi uchun kurashdi.

Bu chiroyli axloqdir. Bu Yaratganga cheksiz ishonchdir. Bu payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamga fidokorona sevgi ...

Bu iymonning ajoyib namunasidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!