Turkiyada samolyot to‘xtamasidan o‘rnidan turgan yo‘lovchilar jarimaga tortildi

A A A
Turkiyada samolyot to‘xtamasidan o‘rnidan turgan yo‘lovchilar jarimaga tortildi

Pegasus Airlines aviakompaniyasining Sofiya–Istanbul yo‘nalishidagi PC272 reysida qoidalarni buzgan bir necha yo‘lovchi ilk bor ma’muriy javobgarlikka tortildi.

HavaSosyalMedya aviasiya agentligining ma’lum qilishicha, Boeing 737-800 samolyoti Sabixa Go‘kchen aeroportiga qo‘nganidan so‘ng, hali butunlay to‘xtamasidan bir necha yo‘lovchi o‘rnidan turib, yuk javonlaridan buyumlarini olishga tushgan. Ekipaj a’zolari xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so‘rab, ularni o‘rinlariga o‘tirishga chaqirgan. Biroq ayrim yo‘lovchilar ogohlantirishlarga bo‘ysunmagan.

Natijada bortiga polisiya chaqirilib, aeroportda huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarimalar belgilandi.

Turkiyada 2024 yildan boshlab joriy etilgan yangi qoidalarga muvofiq, samolyot to‘liq to‘xtamasidan o‘rnidan turish, yuk bo‘limlarini ochish yoki ekipaj ko‘rsatmalarini inkor etish ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanadi. Bu talablar ichki va xalqaro reyslarga bir xil darajada taalluqli.

Turkiya Fuqarolik aviasiyasi bosh direksiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, bunday tartibbuzarlik uchun yo‘lovchilarga 2 603 turk lirasigacha jarima solinadi.

Bundan tashqari, aviakompaniyalar huquqbuzarlarni «qora ro‘yxat»ga kiritib, kelgusida reyslarga chipta xarid qilish huquqini cheklashi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

Buqa 300 ming dollarga sotildi

Австралиядаги кимошди савдосида ангус зотли буқа мамлакат учун рекорд нарх — 420 минг австралия доллари (300 минг АҚШ доллари)га сотилди.

Sun’iy intellekt qachon "qaytib bo‘lmaydigan nuqtaga" yetishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Американинг Anthropic компаниясининг СИ когерентлик стресс-тести раҳбари Э