Turkiyada Qurbon hayiti paytida 16 ming kishi tan jarohati oldi

Turkiyada Qurbon hayiti paytida 16 ming kishi tan jarohati oldi

Turkiyada Qurbon hayitining birinchi kuni keng tarqalgan jarohatlar bilan yakunlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Fahrettin Koja ma’lum qildi.

Uning X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan xabariga ko‘ra, an’anaviy qurbonlik so‘yish paytida 16 mingga yaqin odam kesish jarohatlarini olgan.

«Qurbon hayitining birinchi kunida mamlakat bo‘ylab qariyb 16 ming kishi, jumladan Anqarada 1274, Istanbulda 840 va Izmirda 416 kishi qurbonlik paytida olgan jarohatlari sababli tibbiy muassasalarimizga tashrif buyurdi», deb yozadi Koja.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!