Turkiyada prezidentlik saylovlarida qatnashgan xorijlik saylovchilar soni e’lon qilindi

Turkiyada prezidentlik saylovlarida qatnashgan xorijlik saylovchilar soni e’lon qilindi

Turkiyadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida 22 may oqshomiga qadar 1,5 milliondan ortiq saylovchi xorijda ovoz berdi.

Ovoz berish jarayoni 20 may kuni boshlandi.

Turkiya Oliy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va chegara punktlarida jami 1 million 585 ming 334 kishi ovoz bergan.

Xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda ovoz berish 24 maygacha, chegara punktlarida esa 28 may mahalliy vaqt bilan soat 17:00 gacha davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!